Ukraina harbiy eksperti Oleg Jdanov Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning zaharlanishi ehtimoli haqidagi mish-mishlar fonida uning qiyofasida o‘zgarishlar yuz berganiga munosabat bildirdi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.
Jdanov tasdiqlashni talab qiladigan ba’zi ma’lumotlarga asoslanib, Ramzan Qodirov Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) tomonidan zaharlanganini aytdi.
“Ba’zi belgilarga ko‘ra, unga o‘tkir buyrak yetishmovchiligi qayd etilgan. Shu sababli unda ortiqcha vazn va tana shishishi kuzatilgan. Aytgancha, o‘tgan hafta reanimatsiya uchun jihozlangan tez yordam samolyoti Moskvaga uchgan. Bundan tashqari, urush sharoitida Yevropa o‘z havo hududida bu samolyotning uchishiga ruxsat bergan”, — dedi Jdanov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot Belarus havo hududi orqali Moskvaga qo‘ngan, so‘ngra Yevropadagi eng yirik tibbiyot universiteti — Nunbergga yo‘l olgan. U yerda, katta ehtimol bilan, Qodirov nostandart usullar bilan davolanmoqda.
“Muassasaning o‘ziga xos xususiyati tibbiy protokol me’yorlaridan chetga chiqishga imkon beradi. Aslida bu universitet shunisi bilan mashhur”, — deydi ukrainalik ekspert.
Jdanov Qodirov “ketgani”dan so‘ng uning “qodirovchilar” deb ataluvchi “tik-tok” qo‘shinlari haqidagi xabarlar ham yo‘qolganiga e’tibor qaratdi.
“Qodirov chetlatilgan degan taxmin bor. U bilan birga ‘qodirovchilar’ tushunchasi ham yo‘q bo‘lib ketdi. Axir ular oddiy rossiyalik harbiylardir. Rahbarning yo‘qolishi bilan ’qodirovlar’ memi ham yo‘qoldi”, — deydi u.
Izoh (0)