O‘zbekiston bo‘ylab 2023-yil davomida avto-moto sayohat ekspeditsiya tashkil etiladi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Madaniyat va turizm vazirligi, avto-moto turizm assotsiatsiyasi hamda Dunyo bo‘ylab telekanali bilan hamkorlikda mamlakatning jozibador turizm salohiyatini, hududlarning tarixi, madaniyati, urf-odati va qadriyatlarini keng targ‘ib etish maqsadida 2023-yil davomida O‘zbekistonning barcha mo‘jizakor turistik maskanlari bo‘ylab avto-moto sayohat ekspeditsiya chellenji bo‘lib o‘tadi.
Chellenj doirasida 21-mart — Navro‘z umumxalq bayrami munosabat bilan 19—21-mart kunlari Jizzax viloyatining Zomin, Forish, Arnasoy tumanlarining bo‘ylab sayohat ekspeditsiyasi tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, bundan asosiy maqsad — yurtdoshlar orasida jamoaviy va mustaqil ravishda sayohatga chiqishni targ‘ib qilish, turizm madaniyatini shakllantirish, ichki va tashqi turizm salohiyatini oshirish.
Izoh (0)