• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda dizayni bo‘yicha yagona deyilgan Andijondagi kutubxona elektrdan qarzdorligi sabab faoliyatini to‘xtatgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Marhamat tumanida O‘zbekistonda dizayni bo‘yicha yagona ekani aytilgan, tadbirkor tomonidan qurilib, aholi foydalanishi uchun tekinga berilgan zamonaviy kutubxona elektr energiyadan qarzdorligi sabab faoliyat ko‘rsatmayotgani xabar qilindi. Xususan, Facebook faoli Isroil Tillaboyev shaxsiy sahifasida bu haqda bir o‘qituvchi yozganini aytib, bundan xafa bo‘lganini bildirdi.

    “Daryo” muxbiri holat haqida kengroq maʼlumot olish maqsadida Marhamat tumanida bo‘lib, tadbirkor vakili hamda mutasaddilar bilan uchrashib, jamoatchilikning savollariga javob izladi.

    Tadbirkorning ish boshqaruvchisi Jasurbek Ro‘zimatovning aytishicha, kutubxona 60 ming nusxa bosma hamda 300 mingga yaqin elektron kitob fondiga ega bo‘lib, 2021-yil iyul oyida foydalanishga topshirilgan. Joriy yilgi anomal sovuq tufayli kutubxona va shaxmat maktabi binolarining tom qismida yoriqlar paydo bo‘lishi natijasida yuz bergan yog‘ingarchiliklar oqibatida elektr tarmoqlariga zarar yetgan. Shu sababli kutubxona faoliyati vaqtincha to‘xtatilib, axborot resurs markazi boshqa yerga ko‘chirilgan.

    “Kutubxonamiz 2021-yil iyul oyida foydalanishga topshirilgan. Ushbu davrdan beri, yaʼni avgust oyidan davlat kutubxonasi xodimlari bilan birgalikda ishlab kelinmoqda. 10-15 kun oldingi anomal sovuqlar tufayli tom qismimizda yoriqlar paydo bo‘ldi. Undan so‘ng yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgani sababli o‘sha yoriqlardan suvlar sizib o‘tgan. Tabiiyki, buning elektr energiyamizga taʼsiri bo‘ldi. Yuqori qismda joylashgan elektr tarmoqlarimizga yog‘ingarchilik natijasida suv o‘tib, qisqa tutashuvlar bo‘ldi. Shuning hisobiga ikki-uch kun elektr montajlarini olib borish maqsadida ish jarayonida toklarimizni o‘chirib qo‘ydik. Ishlarimizni amalga oshirib, muammoni bartaraf etdik. Lekin hozirgi vaqtda tom qismimizda bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘lami katta bo‘lgani sababli, qolaversa, shu holat yana qaytarilmasligi uchun 15-20 kun ichida ustalarimiz o‘zlari kelib, o‘sha ishlarni tugatib, yakuniga yetkazib beradi. Ish birinchi galda kutubxona tomidan boshlanadi.

    Biz hokimlikka hech qachon kommunal to‘lovlarni yuklamaganmiz, yuklamaymiz ham. Har qanday to‘lovni tadbirkorning o‘zi amalga oshirib kelyapti. Hozirgi kunda qarzdorligimiz yo‘q. Bo‘lsa ham, u kutubxonaning yopilishiga asos bo‘lolmaydi. Chunki har qanday kommunal to‘lovlarni o‘zimiz qilib kelganmiz va bundan keyin ham o‘zimiz amalga oshiramiz. Xudo xohlasa, Muhammad Yusufning tug‘ilgan kuniga boshqa viloyatlardan tashriflarni kutyapmiz. Tadbirlarni kengroq nishonlash uchun ham tayyorgarlikni boshladik”, — deydi Jasurbek Ro‘zimatov.

    Jasurbek Ro‘zimatov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Marhamat tuman bo‘linmasi mutaxassisi Ergashoy Malikova kutubxona bilan doimiy hamkorlik qilinganini aytmoqda.

    “Tumandagi ‘Kelajak nuri’ kutubxonasi bilan doimo hamkorlikda ishlaganmiz, tadbirlar o‘tkazganmiz. Kitobxonlarni kutubxonaga jalb qilganmiz. Binoda vaqtincha taʼmirlash ishlari olib borilayotgani uchun hozir bu narsalar to‘xtab turibdi. Ishlar tugaganidan keyin yana davom ettiramiz. Ikki kun oldin binoning tom qismida qurilish ishlari bo‘layotgandi. Faqat bitta narsa bor, kutubxonada hech qanday deraza yo‘q. O‘tgan yili issiqda kitobxonlar shu sabab qiynaldi. Hatto kirib ishlashning imkoni bo‘lmagan. Bu yerdagi xodimlar ham yaxshi bilishadi. Qulaylik yaratish uchun ham ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Tadbirkor bilan tuman hokimi suhbatlashganda 1-aprelga qadar taʼmirlash ishlarini tugatib, yana qayta foydalanishga topshirilishi bildirilgan”, — deydi Ergashoy Malikova.

    Ergashoy Malikova.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Marhamat tumani axborot-resurs markazi direktori Zulfiya Davlatovaning aytishicha, bu kutubxona bir yarim yil davomida faoliyat yuritgan. Ikki hafta avval vaqtinchalik tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi binosiga ko‘chib o‘tishgan.

    “Bizning axborot resurs markazimiz jami 20 mingdan ortiq kitob fondiga ega. Avval eski binoda, keyinchalik 2020-yildan joriy yilning fevral oyiga qadar tadbirkorimiz Qobiljon Obidov tomonidan qurilgan binoga ko‘chib, ish faoliyatimizni olib bordik. Bu yerda sharoitlar yaxshi bo‘lgani uchun tuman aholisiga yaxshi xizmat ko‘rsatdik. Bu yerda qanchadan qancha tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Kutubxonada taʼmirlash ishlari boshlangani tufayli tuman FHDY binosiga ko‘chib o‘tdik. Hozirda aholiga shu yerdan xizmat ko‘rsatishni boshladik. Taʼmirlash binoning ichkarisida bo‘lgani sababli kitoblarga zarar yetmasin deb ko‘chdik. Faoliyatimiz to‘xtab qolsa bo‘lmasdi. Sababi dasturimiz bor, shunga kitoblarni tushirib borishimiz kerak. U yerda internetda uzilish bo‘lgani sababli bu yerga vaqtinchalik ko‘chib o‘tdik”, — deydi Zulfiya Davlatova.

    Zulfiya Davlatova.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Markaz direktorining taʼkidlashicha, kutubxonadagi oylik to‘lash bilan bog‘liq masalalardan tashqari boshqa barcha masalalar, yaʼni kommunal to‘lovlar tadbirkor tomonidan qoplanadi.

    “U yerga faqat faoliyat olib borish uchun borganmiz. Elektr energiya masalalari hokimlik va tadbirkor hamkorligida hal bo‘ladigan masalalar edi. Kommunal to‘lovlar bo‘yicha shu kunga qadar bizga hech qanday eʼtirozlar bo‘lmagan. Hamma narsani tadbirkor bilan hokimiyat kelishgan. Biz moliyaviy masalalarga aralashmaganmiz”, — deydi Zulfiya Davlatova.

    “Daryo” muxbiri o‘rganishi davomida ish boshqaruvchi, ARM rahbari hamda hokimlik vakiliga jamoatchilikni qiziqtirgan boshqa savollarni ham berdi va javob olishga harakat qildi. Biroq masʼullar bu savollarga javob bermadi. Hokimlik tadbirkor bergan kutubxonani o‘z balansiga olishni kechiktirmoqda. Savollar ko‘p, javoblar esa yetarli emas.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    07.03.2023, 17:43   Izoh (0)   6341
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda 29 yoshli fuqaroni Dubayga fohishalikka yuborayotgan ayol ushlandi

    07.03.2023, 17:21

    Buxoroda ko‘p qavatli uyga noqonuniy ravishda 8-qavat qurilgani aniqlandi

    07.03.2023, 16:58

    Chet elda ota-ona qaramog‘isiz qolib ketgan 43 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

    07.03.2023, 16:21

    O‘zbekistonda dollar kursi oshdi

    07.03.2023, 16:06

    O‘zbekiston Braziliyaning Embraer samolyotlarini xarid qilishi mumkin

    07.03.2023, 15:35

    Shavkat Mirziyoyevning 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda so‘zlagan nutqi

    07.03.2023, 15:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.