Namangan viloyati Chortoq tumanida 14-fevral kuni 25 yoshli yigit 36 yoshli qarindoshini mushtlab o‘ldirib qo‘ydi.
Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi tamaddixonalardan birida yigit qarindoshi bilan tortishib qolgan va jahl ustida uning jag‘iga bir marta musht tushirgan.
Jabrlanuvchi tuman markaziy shifoxonasiga olib kelingan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay u shifoxonada vafot etgan. Sud tibbiy ekspertizasi ma’lumotiga ko‘ra, marhumga o‘tkir yurak qon tomiri va nafas yetishmovchiligi, miya va o‘pka shishishi tashxisi qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chortoq tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan va qamoqqa olingan.
Izoh (0)