Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Turkiya va Suriyada zilziladan jabrlanganlarga yordam berdi.
“An-Nassr” hujumchisi jabrlanganlarga insonparvarlik yordami sifatida samolyot yubordi, deb yozadi Daily Mail.
Ronaldu chodirlar, oziq-ovqat, to‘shaklar, bolalar ovqatlari va dori-darmonlar uchun pul to‘lagan. Hayotiy zarur mahsulotlar Turkiya va Suriyaga yetkazilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra Turkiyada zilzila oqibatida 45 968 kishi, Suriyada esa 8476 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)