O‘zbekiston va Shvetsiya tog‘-kon sanoati, transport va energetika sohalarida hamkorlik qilishi kutilmoqda. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Muvaqqat ishlar vakili Nodir G‘aniyev Xalqaro Shvetsiya sanoat kengashi loyihalar direktori Xenrik Xallgren bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tog‘-kon sanoati, transport va energetika sohalarida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida ushbu yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan korxonalar vakillari ishtirokida davra suhbatlari va tashriflarni tashkil masalalarini birgalikda ishlab chiqishga kelishib olindi.
Avvalroq Shvetsiya, AQSH va boshqa qator mamlakatlar O‘zbekistonda o‘tadigan boks bo‘yicha JCH—2023 ga boykot e’lon qilgani xabar berilgandi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Shvetsiya suv resurslarini boshqarishda hamkorlik qilishi aytilgandi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Shvetsiya bilan infratuzilma sohasida hamkorlikni kengaytirishi xabar qilingan.
Izoh (0)