Turkmanistonda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan qiz va ayollarga prezident Serdar Berdimuhamedov nomidan pul sovg‘alari topshirilmoqda. Bu haqda “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
Bog‘cha tarbiyalanuvchilariga birinchilardan bo‘lib prezidentning pul sovg‘alari topshirilgan. Serdar Berdimuhamedov farmoniga ko‘ra, pul sovg‘alari 1-martdan 6-martgacha tantanali ruhda topshirilishi belgilangan. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlovchi, pensiya va davlat nafaqalari oluvchi, aspirantura, doktorantura va klinik ordinaturada ishdan tashqari tahsil olayotgan ayollar va qizlarga 60 manat miqdorida (17 dollar) sovg‘alar beriladi.
Talabalar, o‘quvchi qizlar va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilar ham sovg‘a oladi. Avvalroq Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 9-may kuni faxriylar, harbiy xizmatchilar oilasiga qimmatbaho sovg‘alar va 200 manatdan (qora bozor kursida 10 dollar) berishni topshirgandi. 2021-yilda ham faxriylar shuncha miqdorda mukofotlangan.
Izoh (0)