• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Advokat faoliyatining mustaqilligi Konstitutsiyada aks etishi odil sudlovga erishish darajasini oshiradi” – professor Surayyo Rahmonova konstitutsion o‘zgarishlar haqida

    Sobiq sovet davrida sudning adolat emas, jazolovchi organ ekani o‘zbek xalqi ongiga singib ketgandi. Afsuski, mustaqillik yillarida ham vaziyat tubdan o‘zgargani yo‘q. Sud aksar hollarda prokuror talab qilgan jazoni rasmiylashtirib berar, advokat esa ishda nomiga qatnashadigan ahamiyatsiz kishiday tuyulardi. Buning oqibatida taraflarning haq-huquqlariga ziyon keltirishi mumkin bo‘lgan qarorlar qabul qilingan. So‘nggi yillardagi sud-huquq islohotlarining asosiy maqsadlaridan biri – advokatura tizimini kuchaytirish borasida bo‘lmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Sud protsessida advokatning mavqei prokuror bilan tengma-teng bo‘lishi kerak. Advokatning fikrlari, u keltirgan dalillar ikkinchi darajali deb qaralmasligi lozim. Advokatning faoliyatiga esa hech kim aralashmasligi shart.

    Davlat tomonidan advokatning qonuniy faoliyati va mustaqilligiga sharoit yaratilsa, tizimida o‘zaro raqobat yuzaga keladi. Mazkur muhim masala inobatga olinib, yangi tahrirda qabul qilinishi kutilayotgan Konstitutsiyaga advokatning mustaqilligiga oid norma kiritilmoqda.

    Jamoat xavfsizligi universiteti professori Surayyo Rahmonova “Daryo”ga bergan intervyusida mazkur normaning ahamiyatli jihatlariga to‘xtaldi.

    Surayyo Rahmonova
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    “Yangilanayotgan asosiy qonunimiz matnida advokatura institutining maqomi alohida bobda konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanmoqda. Advokatura odil sudlovning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. BMT Kongressida qabul qilingan “Yuristlar roliga oid asosiy prinsiplar”da advokatura institutini takomillashtirish demokratik, huquqiy taraqqiyotning birlamchi sharti deb eʼtirof etilgan.

    Endilikda advokatura instituti Konstitutsiyaning alohida bobida bayon etilmoqda. “Jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga asoslanadi. Advokatura faoliyatini tashkil etish va uning tartibi qonun bilan belgilanadi”, – deya yozilmoqda asosiy qomusda.

    Jumladan, advokaturaning faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga asoslanib tashkil etilishi konstitutsiyaviy qoida tariqasida mustahkamlanmoqda. Yaʼni, advokaturaning tashkiliy-institutsional mustaqilligi mutlaqo qonun bilan belgilanadi va davlat muhofazasidadir. Shu bilan birgalikda, advokatura o‘zining fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi mohiyatini yo‘qotmaydi, aksincha, uning bunday maqomi konstitutsiyaviy darajada eʼtirof etilib, davlatning hech bir aralashuvsiz o‘zini o‘zi boshqarishi kafolatlanmoqda.

    Tabiiyki, advokatura institutiga bunday eʼtibor berilishining sababi nimada, degan savol tug‘iladi. Taʼkidlash joizki, respublika bo‘yicha 4 ming 577 nafar advokat o‘z kasbiy faoliyatini yuritmoqda. Bu esa 8,5 ming aholiga o‘rtacha bitta advokat to‘g‘ri keladi degani. Mamlakatda advokatlik korpusi yetarli emasligi fuqarolarga malakali yuridik xizmat ko‘rsatish darajasini jiddiy oshirish zaruratini tug‘diradi. Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasining yuqorilayotgani tufayli sudlarda turli fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy nizolar soni ko‘paymoqda. Yangi toifadagi jinoyatlar yuzaga kelmoqda. Aholining huquqiy madaniyati darajasi oshmoqda. Odamlarda o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini sifatli himoyalanishiga yanada ko‘proq intilishi kuchaygan bir paytda advokatlik korpusi taqchilligi muammosini tez hal etish – advokatlar sonini keskin oshirish zarur”, – dedi mutaxassis.

    Bugun jamiyatda malakali huquqshunos va advokatlarga ehtiyoj nihoyatda katta. Hozirda faoliyat yuritayotgan advokatlar faoliyatini har tomonlama himoyalash orqaligina yosh huquqshunoslar uchun mazkur sohaning jozibadorligiga erishish mumkin. Advokatning o‘z kasbini mustaqil, dadil pozitsiyada olib borishi natijasidagina sohaga malakali, raqobatbardosh mutaxassislar kelishi taʼminlanadi. Bu esa ko‘rsatilayotgan yuridik yordam sifatiga bevosita taʼsir ko‘rsatuvchi asosiy omildir.

    Surayyo Rahmonova advokatning mustaqilligi deganda nima tushunilishi borasida ham to‘xtalib o‘tdi.  

    Advokat mustaqilligi bir-birini taqozo etadigan quyidagi uzviy kafolatlardan iborat:

    – advokatning daxlsizligi;

    – advokatlik sirini oshkor etishni talab qilishni man etish;

    – advokat olib borayotgan ishlarga aralashganlik yohud advokatning daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;

    – davlat tomonidan unga advokatlik faoliyati kafolatlari berilishi hamda ijtimoiy himoyalanishi.

    Aynan mana shu kafolatlarning barchasi yangilanayotgan Konstitutsiyada mustahkamlanmoqda. Albatta, bugungi kunga qadar advokatlarning mustaqilligini taʼminlash yuzasidan qator choralar ko‘rildi. Masalan, advokatlik faoliyatini litsenziyalash jarayoni soddalashtirildi, yaʼni advokat litsenziyasi faqat sud tomonidan to‘xtatilishi yoki bekor qilinishi belgilab qo‘yildi.

    Advokatga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atish faqatgina Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahri prokurori tomonidangina amalga oshirilishi mumkin, quyi bo‘g‘inlardagi prokurorlardan bunday vakolat chiqarildi. Shu bilan birga, advokat o‘z kasbiy faoliyatini mustaqil amalga oshirishi konstitutsiyaviy darajada kafolatlanishi, shubhasiz, fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasiga ijobiy taʼsir etadi. Qachonki, sudda qonuniy va adolatli sud qarori qabul qilinishida taraflar tortishuvi muhiti, yaʼni, advokat va prokuror o‘rtasida protsessual imkoniyatlar tengligi, sog‘lom bahs - muzokaraning taʼminlanishi nihoyatda muhimdir. Jamiyatda qanchalik huquqiy munosabatlar ko‘lami keng va ko‘rsatilayotgan yuridik yordam sifati baland bo‘lsa, shunchalik davlatda huquq ustuvorligi va qonunga itoatkorlik darajasi yuqori bo‘ladi”, – dedi professor.

    Xulosa qilib aytganda, advokat faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligining Konstitutsiyada qatʼiy belgilanishi – inson qadrini yanada oshirishga, uni taʼminlashga yordam beradi. Bu bilan advokatura ham sud va prokuratura kabi konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘lmoqda.

    Natijada surishtiruv, tergov va sud amaliyotida tortishuv tamoyili amalda taʼminlanadi. Advokatlar huquqlarining Konstitutsiya darajasida belgilanishi ularning jamiyatdagi mavqeni oshirish va fuqarolarning avdokatlarga nisbatan ishonchini ham mustahkamlashga xizmat qiladi. Advokat daxlsiz bo‘lsa, jamiyatda adolat ustuvor bo‘ladi.

    01.03.2023, 18:20   Izoh (0)   4808
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev AQSH davlat kotibi bilan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan suhbatlashdi 

    01.03.2023, 17:32

    O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi 

    01.03.2023, 17:05

    O‘zbekistonda fevralda eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi

    01.03.2023, 16:57

    O‘zbekistonda piyodalar uchun sariq jiletlardan foydalanish tartibi joriy etilishi rad qilindi 

    01.03.2023, 16:45

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    01.03.2023, 16:14

    Saudiya Arabistoni aviakompaniyasi Jidda va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi

    01.03.2023, 15:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.