• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Prezident Qashqadaryoda matbuotni yopishni so‘rayotganliklarini, ammo so‘z erkinligini cheklamasligini yana bir bor eslatdi” — Abdurahmon Tashanov

    Jurnalistga tahdid, uning faoliyatiga aralashuv va ishiga xalal berishlar shu paytgacha ham bo‘lgan va bo‘lmoqda. Afsuski, ayni kunga qadar jurnalistga tahdid qilgan, uning ishiga aralashib, faoliyatiga to‘siq qo‘ygan masʼullar yetarli darajada javobgarlikka tortilmagan. Nari borsa ogohlantirish olgan, hayfsan bilan siylangan yoki oylik maoshidan maʼlum bir darajada jarima to‘lagan. Konstitutsiyaviy o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi shunaqa holat takrorlansa, yaʼni jurnalistga bosim qilinsa yoki faoliyatiga to‘siq qo‘yilsa bunday harakatni amalga oshirganlar javobgarlikka tortiladi. Bu xususida “Daryo” jurnalistiga Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti Hayitjon Turdiyev gapirib berdi.

    “Jamiyatimizda oshkoralik, adolat va qonun ustuvorligini taʼminlashda Ommaviy axborot vositalarining xizmati beqiyos. So‘nggi yillarda so‘z erkinligini taʼminlash natijasida ommaviy axborot vositalari va blogerlik faoliyati rivojlandi. Xususan, mavjud ommaviy axborot vositalari soni 30 foizga ortdi, shu bilan birga internet nashrlari soni so‘nggi 6 yilda salkam ikki barobarga ko‘paydi. Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar jamiyatimizdagi eng dolzarb muammolarni birinchilardan bo‘lib dadil ko‘tarib chiqmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasining “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida” qonuniga ko‘ra davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari senzura qilganlik, jurnalistga tazyiq o‘tkazganlik, uning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikka tortiladi. Bundan tashqari, jurnalistning qonuniy huquqlarini buzganlik, uning jurnalistlik kasbiga doir faoliyati bilan bog‘liq holda shaʼni va qadr-qimmatini haqorat qilganlik, uning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga tahdid, zo‘ravonlik yoki tajovuz qilganlik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Ommaviy axborot vositalari xodimlarining o‘z faoliyatini qonun doirasida erkin amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish – bu demokratik islohotlarimizga qarshi harakat, mamlakatimizning obro‘siga putur yetkazish sifatida baholanishi kerak”, deb taʼkidlagan edi”, — deydi Hayitjon Turdiyev.

    Inson huquqlari faoli, jurnalist Abdurahmon Tashanov O‘zbekistonda jurnalistlarni himoya qilish rahbarlarning siyosiy irodasiga bog‘liqligini aytmoqda.

    “Kuni kecha prezident Qashqadaryoda matbuotni yopishni so‘rayotganliklari haqida gapirdi va ammo so‘z erkinligini cheklamasligini yana bir bor eslatdi. Biz buni huquqni muhofaza qiluvchi idoralar imkon qadar ehtiyotkor bo‘lishga harakat qilayotgani uchun, ularning tashabbusi deb o‘ylayapmiz. Mana 20 yildirki, shu sohada kurash davom etib kelyapti. 2002—2003-yillardan boshlab jurnalist faoliyatini erkinlashtirish, uning faoliyatiga aralashishni taqiqlovchi qonunlarga maxsus moddalar kiritilgan. Ammo shu paytgacha hali yetarli darajada amalga oshgan deyolmaymiz”, — deydi Abdurahmon Tashanov.

    Inson huquqlari faolining aytishicha, prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar yomon amaldorlar sabab panada qolib ketishi kerak emas.

    “Avvalo mamlakatda odil sudlov, hokimiyatlarni bir-biridan tiyib turuvchi mexanizmlar bo‘lishi kerak va eng muhimi jurnalistlarni odil sud himoya qilishi lozim. Ana shunda so‘z erkinligi barqaror bo‘ladi”, — deydi jurnalist.

    Abdurahmon Tashanovning fikricha, so‘z erkinligi berilgan jamiyatda eng avvalo bundan radikallar, shallaqilar foydalanadi.

    “Men ko‘p bora aytamanki, so‘z erkinligi berilgan jamiyatda birinchi navbatda radikallar, shallaqilar foydalanishadi. Biz so‘nggi paytlarda diniy blogerlarning chegaradan chiqib, hatto bir-birini haqorat qilishgacha borganini ko‘ryapmiz. Yoki blogerlar faoliyatida odamlar shaxsiy hayotiga aralashish va hatto to‘shagigacha kirib borish, xalq nazoratiga aylanib olib har xil buyurtmalarini bajarishga urinishlarni ham ko‘ryapmiz. Bunday paytda esa hukumat ham buni cheklashga urinadi. Shuning uchun eng avvalo professional tarzda faoliyat olib boruvchilarni tayyorlash kerak. Bunda xalqaro grantlar ajratilishi lozim bo‘ladi. Masalan bloger biror bir ishi uchun moliyaviy ko‘mak oladigan bo‘lsa, albatta o‘sha shaxs manfaatiga xizmat qiladi. Unda xolislik bo‘lmaydi. Shu sabab blogerlarni qo‘llab-quvvatlovchi, matbuotni taʼminlovchi moliyaviy grantlar, donorlar bo‘lishi lozim. Shuningdek, jurnalist va blogerlar faoliyatini takomillashtiradigan seminar-mashg‘ulotlari o‘tkazib turish kerak”, — deydi Abdurahmon Tashanov.

    Ekspert Hayitjon Turdiyevning taʼkidlashicha, Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangilanishlarda ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishiga oid norma mustahkamlanmoqda.

    “Ushbu norma OAV vakili va blogerlarning emin-erkin, turli maʼmuriy bosimlardan qo‘rqmasdan faoliyat yuritishini taʼminlaydi hamda jamiyatda ochiqlik va oshkoralik muhitining rivojlanishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, OAVning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan axborot bilan ishlash jarayonida erkinligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 19-moddasida ham OAV o‘z vazifalarini bajarishda tayanadigan maʼlumotlarni olish huquqi mustahkamlangan. Ishonchli manbalarga asoslanmagan sifatli axborotsiz OAV faoliyatini samaradorligi ham past bo‘ladi va pirovardida zimmasiga yuklatilgan ijtimoiy vazifalari ham to‘laqonli bajarilmaydi. Rivojlangan davlatlarning tajribasiga nazar tashlasak, so‘z va matbuot erkinligini taʼminlamay turib mamlakat taraqqiyoti va aholi farovonligiga erishib bo‘lmaydi. OAVning erkinligiga oid normalar Germaniya, Avstriya, Ozarbayjon kabi davlatlar konstitutsiyalarida ham mavjud. Ushbu normalar mamlakatimizda so‘z va axborot erkinligini yana-da kuchaytirishga, pirovardida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imiji yaxshilanishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi”, — deydi u.

    01.03.2023, 20:25   Izoh (0)   3772
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Furqat Siddiqov O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi etib tayinlanishi kutilmoqda

    01.03.2023, 19:52

    Qashqadaryoda ichki ishlar xodimi kiyimida video olgan vaynerlarga chora ko‘rildi 

    01.03.2023, 19:48

    Ma’naviyat va ma’rifat markazi 1,4 mlrd so‘mlik ikkita xarid lotini o‘ziga tegishli nashriyotga berdi

    01.03.2023, 19:41

    Jizzax va Qashqadaryoda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar qariyb 250 mln so‘m zarar yetkazdi

    01.03.2023, 19:13

    Namangandagi xalqaro gullar festivaliga 3 mlnga yaqin mehmon kelishi kutilmoqda

    01.03.2023, 18:57

    Surxondaryoda yuk mashinasi kanalga tushib ketdi (video)

    01.03.2023, 18:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.