O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida 1-mart kuni zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 1-mart kuni Toshkent vaqti bilan 16:50 da O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 41,29 gradus shimoliy kenglik; 72,19 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=3,6. Chuqurlik 15 kilometr. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 249 kilometr shimoliy-sharqda.
Izoh (0)