O‘zbekiston banklari tomonidan yanvarda 10,7 trln so‘mlik daromad olingan. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Bunda foizsiz daromadlar 4,5 trln so‘mni, foizli daromadlar esa 6,2 trln so‘mni tashkil qilgan.
Yanvarda O‘zbekiston banklarining foizli va foizsiz xarajatlari mos ravishda 3,9 trln so‘m va 758 mlrd so‘m bo‘lgan. Shuningdek 1,1 trln so‘mlik operatsion xarajatlar qilingan.
O‘tgan oyda O‘zbekistondagi banklar 280 mlrd so‘mlik foyda solig‘ini to‘lagan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 110 mlrd so‘mga ko‘p.
Banklar yanvarda 1 trln so‘m sof foyda ko‘rgan. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 258 mlrd so‘mga ko‘proq.
Avvalroq O‘zbekistonda banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini oshirish taklif qilinayotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)