17-mart kuni Toshkentda britaniyalik iqtisodchi, Chikago universiteti professori Jeyms Robinson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Jeyms Alan Robinson (1960-yilda tug‘ilgan) — britaniyalik iqtisodchi va siyosatshunos. Chikago universiteti professori. 2004—2015-yillarda Garvard universitetida dars bergan.
Robinson ba’zilarni farovonlikka, boshqalarni esa nizolarga olib keladigan asosiy iqtisodiy va siyosiy institutlarga e’tibor qaratib, mamlakatlar orasidagi farqlarni o‘rganadi.
U Daron Achemo‘g‘lu bilan “Tor koridor”, “Mamlakatlar tanazzuli sabablari”, “Diktatura va demokratiyaning iqtisodiy kelib chiqishi” kabi kitoblarning hammuallifi hisoblanadi.
Tadbirda Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” — Why Nations Fall kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda o‘zbekistonlik iqtisodchilar — Viskonsin universiteti doktoranti, “Iqtisodchi kundaligi” blogi muallifi Behzod Hoshimov va Garvard universiteti doktoranti, Uzbekonomics blogi muallifi Botir Qobilovlar ham ishtirok etadi.
Tadbir davomidagi chiqishlar o‘zbek va rus tillariga sinxron ravishda tarjima qilib boriladi. Uchrashuv 17-mart soat 17:30 da Intercontinental Hotel Tashkent mehmonxonasida (Trilliant) bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbirda ishtirok etish uchun chiptalarni “iticket.uz” saytidan xarid qilish mumkin. Narxlar — 200 000 so‘mdan 1 200 000 so‘mgacha.
Tashkilotchilar bilan bog‘lanish uchun telefon: (+998) 90−955−8687, (+998) 99−089−3829.
Hamkorlik materiali.
Izoh (0)