Ilom Mask Bloomberg talqini bo‘yicha dunyoning eng boy odamlari reytingida yana birinchi o‘ringa qaytdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Agentlik tomonidan tadbirkor Ilon Maskning boyligi 187,1 milliard dollarga baholandi, buning hisobiga Tesla va SpaceX rahbari sayyoraning eng boy odamlari reytingida yana birinchi o‘ringa qaytdi. U Louis Vuitton kompaniyasi prezidenti (185,3 milliard dollar) Bernard Arnodan o‘zib ketdi.
Agentlik buni Tesla aksiyalari qiymatining yil boshidan deyarli 70 foizga oshgani bilan izohlamoqda. Kompaniya, shuningdek, arzon narxlarda elektr transport vositalarini sotishni yaxshiladi.
2022-yil dekabr oyida Forbes Ilon Maskning boyligini 176,8 milliard dollarga, Arno va uning oilasining boyligini esa 188,6 milliard dollarga baholagan edi.
2023-yil yanvarida Ilon Mask “tarixdagi eng katta boylikni yo‘qotish” bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi.
Izoh (0)