Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arbning harakatlari tufayli Rossiyaning Strategik hujum qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadagi ishtiroki to‘xtaganini aytdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Putin NATO Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratishni maqsad qilganini, xavfsizlikni ta’minlash uchun nafaqat AQSHning, balki alyansning yadroviy salohiyatini hisobga olishi kerakligini aytdi.
“Mamlakatimizni saqlashimiz, xavfsizlik va strategik barqarorlikni kafolatlashimiz kerak. NATOning barcha yetakchi davlatlari bizni strategik mag‘lubiyatga uchratishni ko‘zlagan, ularga ko‘ra, xalqimiz buning ortidan jabr ko‘radi. Qanday qilib shunday vaziyatda yadroviy salohiyatni hisobga olmaslik kerak?” — dedi Putin.
Siyosatchi Strategik qurollarni qisqartirish bo‘yicha shartnomadan chiqishning yana bir sababi NATO davlatlarining Ukrainaga qurol yetkazib berishi ekanini qayd etdi.
“Amerika qo‘shinlari yadroviy obyektlarimiz atrofida aylanib yurishini tasavvur qila olmayman. Bu shunchaki kulgili”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.
Rossiyaning Strategik qurollarni qisqartirish bo‘yicha shartnomadagi ishtirokini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori
21-fevral kuni Rossiya Federal Majlisiga murojaati chog‘ida Putin mamlakat bu shartnomadagi ishtirokini vaqtinchalik to‘xtatishini e’lon qildi. Ertasi kuni Rossiya davlat dumasi tegishli qonunni qo‘llab-quvvatladi. AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bu qarorni “mas’uliyatsizlik” deb atadi. U Vashington “Rossiya aslida nima qilayotganini diqqat bilan kuzatishi” va xavfsizlik nuqtayi nazaridan harakat qilishini bildirdi. Britaniya Putin siyosiy manfaatlar uchun global xavfsizlikni xavf ostiga qo‘yayotganini ta’kidladi.
Izoh (0)