• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Putin meni o‘ldirishidan qo‘rqaman”. Rossiyalik muxolifatchi Boris Nemsov Kreml qarshisida o‘ldirilganiga 8 yil to‘ldi

    Bundan 8 yil oldin xuddi shu kuni soat 23:15 da Rossiya muxolifati yetakchisi Boris Nemsov, Rossiyadagi amaldagi siyosatning ashaddiy tanqidchisi, Moskvada otib ketilgan edi. 55 yoshida Nemsov kuchli oppozitsioner, liberal siyosiy arbob, prezident Vladimir Putinga qarshi dangal gapira oladigan lider sifatida nom qozongandi. Quyida Boris Nemsovning Putin va Ukrainadagi urushga bag‘ishlangan hisobotining tarjimasini qisman keltiramiz. Unda urushning boshlanish sabablari va nima uchun Putin bunga yo‘l qo‘ygani haqida keng tasavvur paydo bo‘ladi.

    Foto: “TASS”

    “Muxolifatning vazifasi — ma’rifat va haqiqat. Haqiqat shundaki, Putin bu — urush va inqiroz”.

    Boris Nemsov, Facebook’dagi posti, 2015-yil 31-yanvar

    2015-yil 12-may kuni soat 12:00 larda “Putin.Urush” nomli hisobot taqdimoti boshlangan edi, uning ustida Boris Nemsov ish olib borgan, muxolifatchi o‘ldirilganidan keyin esa Nemsov ishlarini sheriklari oxiriga yetkazgan. Bir vaqtning o‘zida oldinroq OAVda e’lon qilingan va Nemsovning Rossiya qurolli kuchlarini Ukrainadagi urushga aralashuviga oid tekshiruvlariga bog‘liq 64 varaqli materialdan iborat tadqiqotining to‘liq matni ham chop etilgandi.

    Hisobotni yozish g‘oyasi Boris Nemsovga tegishli. U bir safar shtabga kirib, baland ovozda “Men nima qilish kerakligini o‘ylab topdim. ‘Putin. Urush’ hisobotini yozish kerak. Uni katta tirajda chop etib, ko‘chalarda tarqatish lozim. Putin bu urushni qanday boshlaganini aytamiz. Propagandani faqat shu usulda yenga olamiz”.

    2015-yil boshidan Boris hisobot uchun materiallar to‘plashni boshlagan. U ochiq manbalar bilan ko‘p ishlagan, ma’lumotlarni bo‘lisha oladigan insonlarni topgan. Nemsov urushni to‘xtatishga urinish — haqiqiy vatanparvarlik ekaniga ishongan. Ukraina bilan urush — qabih va razil jinoyat bo‘lib, buning haqqini Rossiya o‘z fuqarolarining qoni, iqtisodiy inqiroz va xalqaro yakkalanish bilan to‘laydi.

    Bu urush Rossiya Putin va uning atrofidagilardan boshqa hech kimga kerak emas. Boris hisobot matnini yozishga ulgurmagan. 27-fevral kuni u Kreml devori qarshisidagi “Moskvoretskiy” ko‘prigida otib ketiladi. Nemsov ishini uning hamkasblari hamda do‘stlari yakuniga yetkazgan. Undan qolgan barcha qo‘lyozmalar, qaydlardan materialni tayyorlashda foydalanilgan.

    Putinga urush nega kerak?

    2011-yil kuzida Vladimir Putinning reytingi sezilarli darajada pastlay boshladi. 2012-yilda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan prezidentlik saylovlarida birinchi turdayoq g‘alabaga erishish imkoniyati kamligi muammosi yuzaga kelgan. Bunday ssenariy Putin pozitsiyasining sezilarli darajada kuchsizlanishi va uning legitimligiga putur yetishiga olib kelardi. Unga xos bo‘lgan avtoritar usulda “millat yetakchisi” sifatida mamlakatni boshqarish yaxshigina qiyinchilikni keltirib chiqarar edi.

    Saylov kampaniyasi birinchi turdayoq Putin g‘alabasini ta’minlash uchun maksimal darajada resurslarni talab qiladi. Biroq uning muvaffaqiyatini birinchi navbatda prezidentlik lavozimi uchun kurashishga tayyor haqiqiy raqiblarni saylovlarga yaqinlashtirmaslik, shuningdek, barcha muhim OAVlar ustidan total administrativ nazoratni o‘rnatish ta’minlagan. 2012-yilgi saylovlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri maxinatsiyalar ham qolib ketmagan: byulletenlarni soxtalashtirish, protokollarni qayta yozish, “karusel”.

    Saylovlar natijasiga ko‘ra, prezidentlik kursisiga qaytgan Putin o‘z reytingini mustahkamlash uchun qator populistik qarorlarni qabul qiladi. Xususan, u tomonidan imzolangan “may qarorlari”ni ekspertlar ortiqcha xarajat va iqtisodiy jihatdan asoslanmagan deb topadi.

    Ammo bunday populizm tendensiyani o‘zgartirmaydi: saylovlardan keyin davlat rahbarining reytingi jadallik bilan pastga keta boshlaydi. Buning ustiga “may qarorlari” to‘xtab qolgan va bir yildan keyin Putin hukumatni ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ygani uchun omma oldida tanqid qiladi.

    2013-yil yoziga kelib so‘nggi yillarda Putinning mashhurligini ta’minlagan an’anaviy texnologiyalar uning reytingini 40-45 foizdan yuqoriga ko‘tara olmayotgani ma’lum bo‘ladi. Aftidan, Kreml salbiy tendensiyadan jiddiy xavotirga tushadi va Putinning elektoral pozitsiyasini mustahkamlashning yangi usullari ustida ish boshlagan.

    Foto: “TASS”

    “Qrimni Rossiya tarkibiga qaytarish” ssenariysi, shubhasiz, Rossiya hukumati tomonidan oldinroq rejalashtirilgan va yaxshilab tayyorlangan edi. Bunday tayyorgarlik ko‘lami hozirda ochiq-oydin ma’lum. Qrimga bostirib kirilishidan oldin Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan Ukraina armiyasining general va ofitserlari, kuch tuzilmalari rahbarlari va xodimlari og‘dirib olingan. Rossiya harakatlari Moskva tomonidan moliyalashtiriluvchi separatist-siyosatchilar va OAV qo‘llab-quvvatlay boshlangan.

    Rossiya banklaridan bozorga mos kelmaydigan shartlarda kredit olgan Qrim biznesi ham bunga yon bosa boshlaydi. Bundan tashqari, Ukraina iqtisodiyoti va uning siyosiy tizimini kuchsizlantirish bo‘yicha uzoq muddatli choralar ko‘rilgan. Muntazam “gaz” urushlari amalga oshirilgan, oziq-ovqat mahsulotlari embargosi bir joriy etilsa, bir bekor qilingan.

    Kiyevdagi inqilob va mamlakat prezidenti Viktor Yanukovichning 2014-yil yanvarda qochib ketishi Ukraina davlatchiligini qanchadir muddat kuchsizlantirgan va Kreml tomonidan Qrimni ajratib olish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirish uchun ajoyib sharoitni yaratgan. Rossiya qo‘shinlari va maxsus xizmatlari (bir yil o‘tib, Putinning o‘zi buni ommaviy ravishda tan olgan) yarimorol hududida referendum tashkil etilib, rasman uning Rossiya tarkibiga qo‘shilishiga asos yaratilgan.

    Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi davlat propagandasi tomonida qo‘llab-quvvatlangani Putinga o‘z legitimligini mustahkamlash imkonini berdi. Uning omma orasida mashhurligi rekord ko‘rsatkichlarga chiqib ketdi.

    Ammo ish Qrim bilan yakunlanmagan, tez orada Donetsk va Lugansk viloyatlarida to‘laqonli urush boshlangan. Ukraina qurolli kuchlariga separatistlar qarshilik ko‘rsatgan. Taqdim etilgan hisobot materiallaridan ma’lum bo‘lishicha, Rossiya hukumati separatistlarga faol siyosiy, iqtisodiy, kadrlar, shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy yordam ko‘rsatgan. Putin qo‘shni davlatda qurolli mojaroni boshlashining ikkita taxmini bor.

    Birinchisi, Qrimdagi muvaffaqiyat Rossiya prezidentini Ukrainaning aholisi asosan rus tilida so‘zlashadigan viloyatlarini Rossiyaga qo‘shib olishga ishontirgan. Gap “rus yerlarini to‘plash” haqida ketmoqda va bunday vazifa xarajatlarga qaramay, Putinni tarixiy ko‘lami bilan o‘ziga tortgan. Rossiyaning mazkur e’tirozini asoslash uchun bu yerlarda mahalliy separatistlar faollashtirilgan. Bu kabi sa’y-harakatlar kutilgan natijani ta’minlamagan: Donetsk va Lugansk viloyatlarining ba’zi hududlari bundan mustasno, mamlakatning qolgan rusiyzabon viloyatlari biroz tartibsizliklardan so‘ng Ukraina tarkibida qolish niyatini tasdiqlaydi. Yuzaga kelgan vaziyat Putinni, yaqqol harbiy ustunlikka qaramay, inqirozdan siyosiy yo‘l izlashga undaydi va ko‘p jihatdan Ukrainaning yangi hukumati bilan tinchlik muzokaralariga hissa qo‘shadi.

    Ikkinchi talqin shundan iboratki, Putin avval boshidan tushungan: Donbassda Rossiyaga qo‘shilish istiqboli bilan davlat tuzilmasini tashkil etish g‘oyasi Ukrainada emas, balki Rossiya fuqarolari orasida ko‘proq tarafdorlarga ega edi.

    Shu sababdan u G‘arb davlatlari bilan muloqotda foydali muzokara pozitsiyasini yaratish uchun harbiy mojaroni qo‘zg‘atdi.

    Kreml kafolatlay oladigan Donbassda o‘t ochishni to‘xtatish Rossiyaga qarshi Qrim anneksiya qilinganidan keyin muqarrar bo‘lib qolgan iqtisodiy va siyosiy sanksiyalarni bekor qilish uchun asos bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu ssenariy amalga oshirilgach, yarimorolning Rossiya tarkibiga kiritilishining qonuniyligi masalasi kun tartibidan chiqarilgan va G‘arb davlatlari Qrimni Rossiya hududi sifatida rasman bo‘lmasa-da, tan oladi.

    Qanday bo‘lmasin, Rossiya—Ukraina mojarosi hali tugamagan. O‘z uyida aniq siyosiy dividendlar olgan Putin bir vaqtning o‘zida katta risklarni saqlab qoladi.

    Birinchidan, Rossiya hukumati siyosiy vaqt iqtisodiy xarajatlar ortayotganiga qaramay, Donbassdagi separatistlarni qo‘llab-quvvatlashga majbur edi. Bunday qo‘llab-quvvatlovni rad etish Putinning hozirgi tarafdorlari tomonidan xoinlik deya baholanishi mumkin (jumladan, Ukraina sharqida jangovar tajriba to‘plaganlar ham) va Rossiya ichida prezidentga nisbatan keskin norozilik to‘lqinini qo‘zg‘atishga qodir.

    Ikkinchidan, G‘arb bilan keskinlikka borish, izolyatsiya va sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotiga sezilarli darajada zarar keltirishni davom etadi. Bu ijtimoiy noroziliklar xavfini keltirib chiqarib, davlat rahbarining reytingiga yana putur yetkazishi mumkin.

    Nihoyat Putinning jahon miqyosida pozitsiyasining zaiflashishi va Rossiya—Ukraina mojarosining kuchayishi Putinning jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun haqiqiy tahdidini yaratadi.

    Global siyosiy vaziyatning o‘zgarishi Putin uchun harbiy jinoyatlar borasida ayblovlar va Xalqaro jinoiy sudda sudlov bilan yakunlanishi mumkin.

    Yolg‘on va propaganda

    Vladimir Putinning siyosiy karyerasini tasvirlashga qaror qilgan odam hal qilib bo‘lmaydigan muammoga duch keladi — Rossiya prezidentida hech qachon siyosiy karyera bo‘lmagan.

    Putinning karyerasi — televizion bo‘lib, uning barcha bosqichlari televizion sujetlar ketma-ketligidan boshqa narsa emas. Vladimir Putin bu — teleyulduz.

    Foto: “TASS”

    Rossiyada hokimiyat va jamiyat o‘rtasidagi aloqada televideniyening gipertrofik roli Boris Yelsin prezidentligi yillarida paydo bo‘lgan, ammo aynan Vladimir Putin telesentrik davlat qurishga muvaffaq bo‘lgan, unda cherkovdan tortib armiyagacha bo‘lgan barcha davlat muassasalari tegishli televizion tasvirlarga almashtirilgan. “RBK” jurnalistlari tomonidan 2015-yil bahorida Putinning odatdagi ish kuni televizion sujetiga oid surishtiruvi ham katta mojaroni keltirib chiqargandi. Unda federal telekanallarda e’lon qilingan lavha namoyishdan ancha oldin tasvirga olingani, bu vaqtda haqiqiy Putin qayerdaligi noma’lum ekani keltirilgan edi. Taxmin qilish mumkinki, bunday amaliyot 2015-yildan ancha oldin boshlangan, shunchaki bunga hech kim e’tibor qaratmagan va Kreml videotekasida Putin ishtirokidagi bu kabi zaxira roliklari qanchaligini ham hech kim bilmaydi.

    2014-yil boshiga qadar rus propagandasi ko‘pchilik uchun dahshatli bo‘lib tuyulardi. Muxolifatga oid ayrim televizion sujetlar ortida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hibsga olishlar amalga oshirilgan. Ammo 2013-yil oxirlarida Kiyevda siyosiy qarama-qarshiliklar boshlanganidan keyin jamoatchilik bunga qadar duch kelgan rus propagandasi nisbatan “vegetariancha” ekanini tushunib yetdi. Umuman olganda propagandachilar “tinch zamonda” to‘liq kuch bilan ishlamayotganliklarini yashirib o‘tirmagan. Masalan, 2011-yilda g‘arb auditoriyasi uchun ishlagan Russia Today davlat kanali rahbari Margarita Simonyan ochiq-oydin OAVning mavjudligiga tushuntirish bergandi: “Urush bo‘lmasa, u xuddi kerakmasdek. Ammo la'nati, urush bo‘lganda, u bevosita tanqidiydir. Biroq urush boshlanishidan bir hafta oldin armiyani tuzib bo‘lmaydi-da”.

    Kreml uchun “urush” 2013-yil kuzining oxirida Kiyevdagi Maydonda boshlangan. Viktor Yanukovich qochib ketgach, Rossiya telekanallari Ukrainaning yangi rahbarlarini “Kiyev xuntasi”, mamlakat sharqida separatistlarga qarshi harbiy operatsiyani “shafqatsiz” deb atagan.

    Ta’kidlash kerakki, ko‘p yillar davomida rus propagandasi Ikkinchi jahon urushiga katta e’tibor qaratgan va Vladimir Putin bu mavzuni o‘zining mafkuraviy koordinatalar tizimida asosiy mavzuga aylantirgan. 2005-yilda “RIA Novosti” davlat agentligi 9-mayni nishonlashning yangi an’anasini joriy etdi — “Men eslayman, men faxrlanaman” shiori ostida Georgiy tasmalarini ommaviy taqib yurish. Eng insonparvar sovet bayrami Putin Rossiyasining asosiy milliy bayramiga aylandi — bir qarashda hammasi yaxshidek. Ammo Ukraina bilan mojaro haqida gap ketganda, u ham sof utilitar (har narsadan manfaat oluvchi) bo‘lib chiqdi.

    Televideniye bu — mutlaq meynstrim va unda namoyish etiladigan kartina maksimal darajada umumiy hamda mavhum bo‘lishi kerak, ortiqcha tafsilotlar talab etilmaydi. Televizion yangiliklar iste’molchilari passiv va ortiqcha tafsilotlarni bilishga qiziqmaydi. Masalan, internet foydalanuvchilari orasida mashhur bo‘lgan separatistlar komandiri Igor Slavyanska (laqabi — “Strelkov”) haqida federal telekanallar minimum ma’lumot bergan. Qrimning qo‘shib olinishi va “Qrim. Vatanga yo‘l” filmida ham u haqda biror gap yo‘q.

    Federal kanallar orasida ochiqlik borasida tabloidlar va onlayn OAVga faqat “Rossiya-1” kanalidagi “Vesti nedeli” dasturi raqobatlasha olgan. Amerikaning kechki shoulari namunasida yaratilgan ko‘rsatuv Rossiya efiri chegaralarining kengayishiga xizmat qilgan. “RIA Novosti”ning sobiq rahbari Dmitriy Kisilyov Ukraina mojarosi boshlangan vaqtda boshlovchisiga aylangan va u Ukrainaga qarshi shaxsiy urushini boshlab, Rossiya AQSHni “radioaktiv kul”ga aylantirishga tayyorligini ommaviy e’lon qiladi. Kisilyovning hamkasbi, xuddi shu kanalda shunga o‘xshash ko‘rsatuvni olib boradigan Vladimir Solovyov ham “Vesti nedeli” darajasiga mos kelishga uringan, ammo u G‘arb sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan Kisilyovdan ortda qolib ketgandi.

    Buning sababi bor, albatta: Solovyovning Italiyada uyi bor va sanksiyalar ro‘yxatiga tushish uning rejalariga kirmagan. Aslida Rossiya davlat ommaviy axborot vositalarining butun ko‘rsatuvlari — hech qanday qo‘shtirnoqsiz doimiy nafrat muhitidir. Hammasi tugagach, Rossiya 2014-2015-yillardagi propagandaning axloqiy va xulq-atvor me’yorlaridan xalos bo'lib, uzoq vaqt tiklanishi kerak.

    Qrimni qanday tortib olishdi?

    2014-yil 4-mart kuni Vladimir Putin Bloomberg agentligi jurnalistining Qrimdagi Ukraina harbiy qismlarini bloklagan harbiy kiyimdagilar kim bo‘lgani haqidagi savoliga “Ular mahalliy o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari edi”, deya javob qaytargandi. Shuningdek, Rossiya prezidenti ular ruslarning formasini qanday qilib qo‘lga kiritganiga ham oydinlik kiritgan: “Postsovet makoniga qarang. U yerlarda bunga o‘xshash formalar bisyor… Do‘konlarimizga boring, istalgan formani sotib olishingiz mumkin”.

    Ammo oradan 1,5 oy o‘tgach, 2014-yil 17-aprelda “xalq bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot” chog‘ida Vladimir Putinning o‘zi “do‘kon” eshiklarini biroz ochib qo‘ygandi: “Vazifamiz qrimliklarning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi uchun sharoit yaratish bo‘lganini yashirmaganman. Shu sababdan ham Qrimdagi o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari ortida, albatta, bizning harbiy xizmatchilarimiz turdi”.

    “Qrimliklarning erkinlik irodasi ortida” kim va qachondan boshlab turilgani haqida oxir-oqibat rossiyalik harbiy xizmatchilarning o‘zlari Meduza saytiga bergan intervyusida so‘zlab bergan.

    Oleg Teryushin (23 yosh, Ulyanov desant-shturm gvardiya brigadasining 31-bo‘linmasi serjanti, to‘liq tarkibda Qrimga jo‘natilgan):

    “24-fevral kuni Qrim ko‘prigiga birinchilardan bo‘lib yetib bordik. Bundan ikki kun oldin trevoga bo‘yicha bizni kazarmada ko‘tarishgandi. Batalyon-taktik guruhlar ham shakllantirildi va samolyotlarda Anapaga yuborildi. Anapadan “KamAZ”larda Novorossiyskka tashlashdi, u yerdan katta desant kemasida Sevastopolga suzdik… Kemadan yerga tushishimiz bilan bizga barcha davlat va qo‘shinlarning ajratuvchi belgilarini yechishni buyurishdi. Hammamizga yashil balakvalar (niqob), qora ko‘zoynaklar, tizza va tirsaklarni himoya qilishga shitkalar berildi. Sevastopolda bir necha kun bo‘ldik. Asosiy vazifa sifatida har qanday topshiriqni bajarishga shay turish topshirildi. Ko‘p o‘tmay, brigadamiz ‘Perevalnoye’ posyolkasiga ko‘chdi va uning oldida biz palatkalardan lager tikladik. Ulyanov desantchilarining aksariyati — 2 mingga yaqin odam shu yerga joylashdi. Bu kabi son Rossiya qo‘shinlarining kuchini namoyish etib qo‘yish uchun zarur edi”.

    Qrimdagi Rossiya operatsiyasining tafsilotlarini birinchilardan bo‘lib oshkor etgan rossiyalik yuqori martabali amaldor — Qora dengiz flotining sobiq qo‘mondoni admiral Igor Kasatonov edi. 2015-yil 13-mart kuni u “RIA Novosti”ga intervyu bergan: “Qora dengiz floti plasdarmni tayyorladi, ofitserlar atrofda nimalar sodir bo‘layotgani, Ukraina qismlari qayerda joylashgani bilar, voqealar rivoji ssenariysi kartalarda ishlab chiqilgandi. Ya’ni Qora dengiz floti o‘z vazifasini bajardi — 28-fevral kuni Qrim Oliy kengashi egallandi”.

    Admiral Katasonovning bayonotidan keyin Vladimir Putinning ham ochiqcha iqrori paydo bo‘lgan. “Rossiya 1” telekanali orqali efirga uzatilgan “Qrim. Vatanga yo‘l” hujjatli filmi intervyusida Vladimir Putin Qrimdagi rus qo‘shinlarining harakatini shaxsan o‘zi muvofiqlashtirganini tan olgan. Shuningdek, qanday sharoitda ularga anneksiya bo‘yicha buyruq berilganini so‘zlab bergan.

    Putindan uchta muhim iqtibos:

    “Bu 22-fevraldan 23-sanaga o‘tar kechasi edi, tonggi soat 07:00 da yig‘ilishni tugatdim va barchani qo‘yib yuborib, o‘zim uxlagani yotdim. Hamma tarqalishidan oldin, yashirmayman, barcha hamkasblarimga, ular to‘rt kishi edi, Ukrainadagi vaziyat shunday tus oldiki, biz Qrimni Rossiya tarkibiga qaytarish bo‘yicha ish boshlashga majbur bo‘ldik dedim”;

    “Yaxshi qurollangan 20 ming kishini bloklash va qurollantirish uchun nafaqat son, balki sifat bo‘yicha ham a’lo shaxsiy tarkib jamlanmasi kerak. Buni amalga oshira oladigan mutaxassislar kerak edi. Shu sababdan ham Mudofaa vazirligiga Qrimdagi harbiy obyektlarimiz qo‘riqlovini kuchaytirish niqobi ostida u yerda Razvedka bosh boshqarmasining maxsus bo‘linmasi, dengiz piyoda kuchlari va desantchilarni yuborishni buyurdim”;

    “Ustunligimiz nimada edi, bilasizmi? Bu bilan shaxsan o‘zim shug‘ullanganimda. Hammasini to‘g‘ri qilganim uchun emas, balki bunday ishlar davlatning birinchi shaxslari tomonidan amalga oshirilsa, ijrochilarga oson bo‘ladi”...

    Boris Nemsov 27-fevral 23:15 da Moskva markazidagi Moskvoretskiy ko‘prigida otib o‘ldirilgan. Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili so‘zlariga ko‘ra, Nemsov qiz do‘sti bilan ko‘prikdan o‘tayotgan mahal oq rangli mashinadan unga qarata oltita o‘q otilgan. Shulardan to‘rttasi muxolifatchiga kelib teggan. Qotillik chog‘ida siyosatchining yonida bo‘lgan qiz — 23 yoshli ukrainalik model Anna Duritskaya o‘zi ko‘rsatma bergan. 

    Boris Nemsov o‘sha yili “Sobesednik”ka bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin uni o‘ldirishni buyurtma qilishidan biroz qo‘rqishi haqida gapirgandi: “Bilasizmi, ha… Biroz. Onam kabi qattiq emas, biroq baribir… Shunga qaramay, undan juda qattiq qo‘rqmayman. Qattiq qo‘rqqanimda muxolifat partiyasiga boshchilik qilmagan, hozirgi ishim bilan shug‘ullanmagan bo‘lardim”.

    Foto: “TASS”

    1-mart kuni siyosatchi aksilinqiroz marshida ishtirok etishi kerak edi. Marsh talablari qatoridan Ukraina bilan urushni zudlik bilan to‘xtatish, muxolifatni televideniyega qo‘yish, budjetni markazlashmagan tizimga o‘tkazish, harbiy xarajatlarni qisqartirish evaziga sog‘liqni saqlash va ta’limga sarf qilinadigan mablag‘ni oshirish kabilar o‘rin olgan edi.

    Ko‘p o‘tmay Rossiya Tergov qo‘mitasi Ruslan Muhiddinovni “amalga oshirilgan jinoyatlar buyurtmachisi va tashkilotchisi” deb hisoblashini e’lon qiladi. Marhum Boris Nemsov oilasining vakili Vadim Proxorov esa Rossiya Tergov qo‘mitasining siyosatchini o‘ldirishni Ruslan Muhiddinov buyurtma qilgani haqidagi bayonotiga norozilik bildirgan. “Muhiddinov tashkilotchilardan biri hisoblanadi, buning ustiga, u eng pastki bo‘g‘indan. U Ruslan Geremeyevning haydovchisi bo‘lgan. Qotillikni tashkil qilish uchun unda na shaxsiy maqsad, na pul bor”, — degan edi advokat.

    2015-yil dekabr oxirida Nemsovning o‘ldirilishi haqidagi ish bo‘yicha Zaur Dadayev, Shadid Gubashev, Xamzat Baxayev va Tamerlan Eskerxanovga nisbatan yakuniy ayblov e’lon qilinadi. 2016-yil yanvarda esa siyosatchining o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qatnashchisi Anzor Gubashev so‘roq chog‘ida siyosatchini Beslan Shavanov o‘ldirganligini ma’lum qiladi.

    2017-yilda Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov Magnitskiy qonuniga binoan Qo‘shma Shtatlar o‘z aktivlariga va Qo‘shma Shtatlarga kirish bo‘yicha sanksiyalar joriy etilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan. AQSH Moliya vazirligining Qodirovga qarshi sanksiyalar bo‘yicha qarorida Checheniston rahbari “qotilliklar, qiynoqlar va boshqa xalqaro miqyosda e’tirof etilgan inson huquqlari buzilishi uchun javobgar ekani” bildirilgan.

    Foto: “TASS”

    Vakillar palatasi tomonidan qabul qilinishi taklif etilayotgan ushbu qarorda Ramzan Qodirov, Boris Nemsovning qotilligida ayblangan Zaur Dadayevni “haqiqiy vatanparvar”, o‘ldirilgan muxolifat siyosatchisini esa “Rossiya dushmani” deb atagan.

    Shu yilning noyabrida Ramzan Qodirov Boris Nemsovning o‘ldirilishi haqidagi ish bo‘yicha sud qaroridan norozi ekanligini aytgandi. 

    “Mening tushunchalarim bo‘yicha, ma’lumotlarimga ko‘ra, ular aybdor emas. Bu shuni anglatadiki, men haligacha buni noto‘g‘ri deb hisoblayman. Kimgadir bu kerak edi, uning qandaydir gunohi bor edi, Nemsovni o‘ldirishdi — yana hammasini Qodirovga to‘nkashdi. Hamma “Qodirov Nemsovni o‘ldirdi”ga chiqarib yubordi. Nemsov — shaxsan men uchun va bizning jamoamiz uchun maqbul odam edi”, — dedi u teledasturlardan birida.

    27.02.2023, 23:15   Izoh (0)   17974
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dog‘istonda qatag‘on davridagi 18 kishining suyak qoldig‘i topildi. Bosh suyagida teshiklar aniqlangan (foto) 

    27.02.2023, 22:35

    “Daryo kundaligi”da 27-fevral kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    27.02.2023, 22:03

    Yerni kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi  

    27.02.2023, 21:17

    Qozog‘iston Ukrainaga harbiy texnika yuborgani haqida xabar tarqaldi. TIV munosabat bildirdi 

    27.02.2023, 20:54

    “Tolibon” Eron chegarachisini hibsga olib, uni kaltakladi (video)

    27.02.2023, 20:20

    AQSH razvedkasi Putinni kelajakda nimalar kutishini prognoz qildi

    27.02.2023, 18:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.