Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogi finalida “Manchester Yunayted” va “Nyukasl” jamoalari 26-fevral, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 33-daqiqasida Kazemiro mankunianlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay Sven Botman o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda “qizil iblislar” vaziyatni nazorat qildi va darvozalar boshqa ishg‘ol etilmadi.
Shu tariqa “Manchester Yunayted” o‘z tarixida oltinchi marta ushbu musobaqa g‘olibiga aylandi. Faqat “Liverpul” (9) va “Manchester Siti” (8) bu borada “Yunayted”dan yaxshiroq ko‘rsatkichga ega.
Qayd etish kerak, “Manchester Yunayted” ayni vaqtda to‘rtta musobaqada qatnashayotgan Yevropa top-5 ligalari klublari orasidagi yagona jamoa edi.
Angliya Liga Kubogi
Final
26-fevral, yakshanba
“Manchester Yunayted” — “Nyukasl” 2:0
Gollar: 1:0 – 33 Kazemiro, 2:0 – 39, avtogol Botman.
“Manchester Yunayted”: De Xea, Diogu Dalot (Uan-Bissaka, 46), Varan, Martines, Shou, Kazemiro, Fred (Zabitser, 69), Brunu Fernandesh, Vegorst (Maktominey, 70), Reshford, Antoni (Sancho, 83).
“Nyukasl”: Karius, Trippyer, Sher, Botman, Bern, Bruno Gimaraes (Uillok, 79), Longstaff (Isak, 46), Almiron, Uilson, Sen-Maksimen (Myorfi, 78), Joelinton.
Ogohlantirishlar: Diogu Dalot (9), Fred (37), Joelinton (45), Kazemiro (87).
Izoh (0)