O‘zbekiston va Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Azim Mullaxonov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib tayinlandi.
Bu haqda 22-fevral kuni Madaniyat va turizm vazirligi vakillari va teatr jamoasi ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda e’lon qilindi. Teatr bosh rejissori etib Doston Haqberdiyev tayinlandi.
2021-yilning iyunidan buyon ushbu teatrga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov rahbarlik qilib kelayotgandi. Teatrning avvalgi rahbari Mirza Azizov koronavirusdan vafot etgandi.
Izoh (0)