21-fevral kuni Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida rasmiy tashrif bilan Misr Arab Respublikasida bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortgan. Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi O‘zbekiston rahbarini qarshi olib, maxsus shohsupaga taklif etgan.
Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat milliy madhiyalari yangragan. So‘ng davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutlagan.
Birgalikda suratga tushishdan so‘ng ikki tomonlama oliy darajadagi muzokaralar boshlangan.
Izoh (0)