Toshkent shahrida 19-fevral kuni O‘zbekiston Qurolli kuchlarining 31 yilligi va “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston xavfsizlik kuchlari vakillari 10 km masofaga yugurish bo‘yicha jamoaviy musobaqalarda qatnashdi. Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi va Prezidentning Davlat xavfsizlik xizmati jamoalari musobaqada ishtirok etdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.
Izoh (0)