O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov 18-fevral kuni Turkiya TIV rahbari Mevlut Chavusho‘g‘li bilan uchrashdi. Bu haqda uning o‘zi Telegram’dagi kanalida yozib qoldirdi.

Qayd etilishicha, ikki davlat tashqi idoralari rahbarlari Gaziantep shahrida uchrashgan. Baxtiyor Saidov O‘zbekiston prezidenti va xalqi nomidan Turkiyada sodir bo‘lgan dahshatli zilzila munosabati bilan hamdardlik bildirgan.


“Ushbu tabiiy ofat oqibatlari barchamizning qalblarimizni chuqur yaraladi. Bu og‘ir paytlarda biz Turkiya bilan birgamiz”, — deb yozgan Saidov.
Izoh (0)