Qo‘ziqorin va guruch qo‘shib tayyorlanadigan tovuq go‘shtli sho‘rva mazali ta’mga ega. Unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni qo‘shib, iste’mol qilishingiz mumkin.
Kerakli masalliqlar:
- tovuq son go‘shti — 2 dona
- suv — 1600 –1800 ml
- sabzi — 1 dona
- qo‘ziqorinlar — 250-300 g
- guruch — 120-150 g
- tuz — ta’bga ko‘ra
- murch — ta’bga ko‘ra
Tayyorlanishi:
- Tovuqning son go‘shtini idishga joylashtiring va sovuq suv soling. Suv qaynagandan keyin ko‘pikni olib tashlang va 25-30 daqiqa davomida pishiring.
- Go‘shtni tarelkaga solib, salqin joyga qo‘ying. Fileni ajratib oling va bo‘laklarga bo‘ling.
- Sho‘rvani yana qaynatib oling.
- Sabzini mayda, qo‘ziqorinlarni o‘rtacha bo‘laklarga bo‘lib oling. Guruchni idishga soling va 15 daqiqa qaynating.
- Sho‘rvaga tovuq filesi, tuz va murch qo‘shing va yana 5 daqiqa qaynatib oling.
Yoqimli ishtaha!
Izoh (0)