Xorazm viloyati hokimligi Yangibozor va Hazorasp tumanlariga yangi rahbar tayinlanganini e’lon qildi.
Yangibozor tumani hokimi lavozimiga Urganch tumani prokurori vazifasida ishlab kelgan Ruslan Jumaniyozov tayinlandi. Tumanga 2020-yilning martidan rahbarlik qilib kelgan O‘ktam Qurbonov 15-fevral kuni lavozimidan ozod etildi.
![](/static/2023/01/nigora/Ruslan J.jpg)
Hazorasp tumani hokimi etib Zafar Abdirimov tayinlandi.
![](/static/2023/01/nigora/Zafar A.jpg)
Bunga qadar u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati vazifasida faoliyat yuritgan. Tumanning avvalgi hokimi O‘ktam Masharipov lavozimidan ozod etildi.
Izoh (0)