• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo” kundaligida 15-fevral kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 15-fevralda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e‘tiboringizga havola etadi.



    Turkiya va Suriyada qurbonlar soni 40 mingdan oshdi. Zilziladan so’ng 5 mln dan ortiq odam boshpanasiz qolishi aytilmoqda

    Turkiya va Suriyada sodir bo‘lgan zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 mingdan oshdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

    Turkiya hukumati hozirgacha, vayronalar ostidan 35 418 kishining jasadi topilganini, Suriya rasmiylari esa 5 800 dan ortiq odam o‘lganini ma’lum qilgan. mazkur holatda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatda vayronalar ostidan 8 mingdan ortiq odam tirik olib chiqilganini ta’kidlagan.

    Ayni vaziyatda Xalqaro migratsiya tashkilotining gumanitar yordam yuklangan o‘nta yuk mashinasi Bab el-Salom nazorat-o‘tkazish punkti orqali Suriyaga jo‘natilgan. Turkiyadagi zilziladan 200 soat o‘tgach qutqaruvchilar vayronalar ostidan tirik odamlarni ham aniqlamoqda.

    BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, zilzilalardan so‘ng Suriyada 5,3 millionga yaqin odam boshpanasiz qolishi mumkin. Ayni paytda Turkiya va Suriyada 900 mingga yaqin odam zudlik bilan issiq ovqatga muhtoj.

    Rossiya samolyotlari Ukraina chegaralariga yaqinlashadi, Ukraina havo hujumidan mudofaani to‘liq saqlay oladimi?

    Rossiya harbiy samolyotlar va vertolyotlarni Ukraina chegaralariga yaqinroq joyga ko‘chirmoqda, bu esa urushning yangi bosqichga o‘tishidan dalolat berishi mumkin. Bu haqda Financial Times gazetasi NATO mamlakatlarining razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lgan ikki rasmiysiga tayanib xabar berdi.

    Nashr suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning quruqlikdagi qo‘shinlari kamaygan, shuning uchun Kreml yangi hujumning bir qismi sifatida qolgan samolyotlariga tayanishi mumkin. NATO hisoblashicha, Rossiya harbiy aviatsiyasining qariyb 80 foizidan foydalangan holda havo kampaniyasini boshlashga tayyorlanyapti va Ukrainaning havo hujumidan mudofaa tizimini ishdan chiqarishga urinmoqda.

    Financial Times manbalarining aytishicha, shu sababli Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish masalasi G‘arb ittifoqchilarining so‘nggi uchrashuvida ustuvor masala bo‘lgan, Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berish masalasi esa ikkinchi o‘ringa qo‘yilgan.

    Urush uchun to’planayotgan odamlar...

    Pentagon rahbari Lloyd Ostin 14-fevral kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlarga Rossiya aviatsiyasining Ukraina chegaralari yaqinida to‘planishi belgilarini hali ko‘rmaganini aytdi.

     “Ammo bilamizki, Rossiya zaxirasida hali ham katta miqdordagi aviatsiya bor. Shuning uchun Ukrainani imkon qadar ko‘proq havo hujumidan mudofaa bilan ta’minlash uchun hamma narsani qilish kerakligini ta’kidlamoqdamiz”, — deya uning so‘zlarini keltiradi BBC.

    Ukraina va G‘arb razvedkasi Rossiya Ukrainaga yangi hujumni rejalashtirayotgani haqida bir necha bor ogohlantirgan, hujum bosqinning bir yilligiga to‘g‘ri kelishi mumkin. 

    The Washington Post gazetasining G‘arb davlatlari va Ukraina razvedka xizmati hisob-kitoblariga tayanib xabar berishicha, hozirda Rossiya Ukrainada 300 mingga yaqin odam to‘plagan, bu urush boshidagi odamlari sonidan ikki baravar ko‘p. G‘arb davlatlari Rossiya urushga yana bir necha yuz ming kishini jalb qilishini kutmoqda.

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy bo‘linmalari hokimliklarga o‘tkaziladimi?

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy bo‘linmalari hokimliklarga o‘tkazilishi keltirilgan prezident farmoni loyihasiga eʼtiroz bildirdi. Taʼkidlanishicha, ushbu normativ-hujjat hozirda loyiha bo‘lib, rasmiy kuchga ega emas. Bu haqda vazirlik axborot xizmatida maʼlum qilindi 

    Xabarga ko‘ra, prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy hokimliklar masʼuliyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy bo‘linmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga o‘tkazish qayd etilgan va ushbu hujjat loyihasini tegishli vazirlik va davlat idoralar bilan kelishish uchun Adliya vazirligi tomonidan “project.gov.uz”ga joylashtirilgan. 

    Taʼkidlanishicha, ushbu normativ-hujjat hozirda loyiha bo‘lib, rasmiy kuchga ega emas. Ayni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan farmon loyihasidagi tegishli bandlar bo‘yicha eʼtiroz bildirilib, Adliya vazirligi bilan muzokaralar o‘tkazilgan.

    Vazirlik xabarida ushbu masala bo‘yicha soha xodimlari va keng jamoatchilik vakillarining xavotiriga o‘rin yo‘qligi aytilgan.

    15.02.2023, 21:35   Izoh (0)   4000
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSH Alyaska yaqinidagi Rossiya samolyotlari tufayli F-16 qiruvchilarini havoga ko‘tardi — Sky News

    15.02.2023, 21:30

    Britaniya tahlil markazi Ukrainadagi urush 2023-yilda ham tugamasligini ma’lum qildi

    15.02.2023, 21:20

    “Ukraina NATOga a’zo bo‘ladi”: Stoltenberg asosiy shartni aytdi 

    15.02.2023, 20:59

    Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi o‘ninchi sanksiyalar paketini e’lon qildi. Nimalar taqiqlanadi?

    15.02.2023, 20:21

    Qozog‘istonda maktab o‘quvchilariga bolta bilan hujum qilgan 9-sinf o‘quvchisi qamaldi

    15.02.2023, 19:59

    Erdo‘g‘on Turkiyadagi zilzilalar kuchini atom bombasining portlashiga qiyosladi

    15.02.2023, 19:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish tartibi soddalashtiriladi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:10

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35

    Toshkentda Cobalt haydovchisi Lacetti’ni “dubinka” bilan urib qochib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:20

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.