• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Changyutkichning tez buzilishiga sabab bo‘ladigan 7 ta narsa

    Changyutgich avvalgidek tortmay qo‘ydimi? Ehtimol, siz undan noto‘g‘ri foydalanayotgandirsiz? Uy ishlarida beminnat yordamchingizni nima ishdan chiqarishi mumkinligini, uni qanday tuzatish yoki oldini olish yo‘llarini quyida batafsil bilib oling.

    Har qanday texnika yillar o‘tib eskiradi va changyutgichlar ham bundan mustasno emas. Ammo qimmatbaho qurilmani tez buzib qo‘ymaslik uchun uning “zaif tomonlari” haqida bilib qo‘ygan yaxshi. Odatdagidek changni tortmay qo‘yishining eng ko‘p uchraydigan sabablaridan tortish quvvatining yo‘qolishi, dvigatelning haddan tashqari qizishi yoki tozalash paytida yomon hidning paydo bo‘lishidir. Yaxshiki, ko‘pchilik bu muammolardan to‘liq xalos bo‘lishning imkoni bor.

    Changyutgich yaxshi tortmasa

    Chang yig‘uvchi qop yoki quti uzoq vaqt davomida tozalanmagan bo‘lsa, aniqki, changyutgich to‘liq quvvat bilan ishlay olmaydi, shunchaki changni so‘rish uchun bo‘sh joy qolmagan bo‘ladi. Bu qoida, shubhasiz, hammaga maʼlum, ammo baʼzi ishlab chiqaruvchilar chang idishini 2/3 qismi to‘lganida, yaʼni bitta umumiy yoki bir nechta kichik tozalashdan keyin bo‘shatishni tavsiya qiladi. Changyutgichni to‘la chang idishi bilan ishlatsangiz, bu nafaqat samarasiz, balki uning haddan tashqari qizib ketishiga sabab bo‘ladi.

    Changyutgich changni tortib olishni to‘xtatgani sezsangiz, quyidagilarni bajarib ko‘ring:

    Foto: “Noviy ochag”

     

    • Chang idishini bo‘shating;
    • Shlangda biror nima tiqilib qolmaganini tekshiring;
    • Shlangning changyutgichga ulanadigan joyni, u yerda ham nimadir tiqilib qolganmi yo‘qmi, tekshiring;
    • Cho‘tka va rolikka qarang, unga o‘ralib qolgan barcha narsalarni olib tashlang.

    Aksar hollarda, ushbu muammolarni bartaraf etish changyutgichni oldingidek ishlashi uchun yetarli bo‘ladi.

    Changyutgich birdaniga qizib ketib, bir necha daqiqadan so‘ng o‘chib qolsa

    Changyutgich qizib ketishi va bir muddatdan so‘ng o‘chib qolishi mumkin va bu xavotirli muammo emas. Changyutgich dvigateli 100 darajadan yuqori haroratgacha qizib ketsa, dvigatelni avtomatik o‘chiradigan sensor ishga tushadi. Bu funksiya jiddiyroq buzilishning oldini olish uchun kerak. Dvigatel ko‘pincha yomon tortish tufayli qizib ketadi, bu filtrlarda chang haddan tashqari ko‘p tiqilib qolsa paydo bo‘ladi.

    Filtrlarni o‘zingiz tozalab, changyutgich ishlashini qaytadan tekshirib ko‘ring. Darvoqe, bu ishni muntazam ravishda, kamida bir necha oyda bir marta bajaring. Vakuum filtrlarini tozalash jarayoni modelga qarab o‘zgarishi mumkin. Baʼzilarini oddiygina suv ostida suyuq sovun bilan yuvish mumkin. Boshqalari esa bir necha oyda yangilari bilan almashtirilishi kerak. Filtrlarni qanday saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni toping, lozim bo‘lsa, almashtirish uchun filtr to‘plamiga buyurtma bering, ular alohida sotiladi.

    Foto: “Noviy ochag”

     

    Filtrlarni o‘zingiz yuvgan bo‘lsangiz, ular butkul quriganiga ishonch hosil qilish uchun bir necha kun kutib turing va changyutgichdan foydalanmang. Hatto, toza filtr ham yetarlicha quruq bo‘lmasa, ishlamay qolishi hech gap emas. Filtrni almashtirish va tozalash chastotasi changyutgich modeliga bog‘liqligini yodda tuting. Bularning barchasi, odatda, ko‘rsatmalarda belgilangan bo‘ladi. Siklonli idishlarga ega changyutgichlar filtrlari tezroq to‘lib qoladi, shuning uchun ularni doimiy kuzatib turing.

    Porolon filtr

    Bir bo‘lak porolon, odatda, changyutgichdagi havo tozalagichga yoki dvigatelning kirish qismiga o‘rnatiladigan bo‘ladi. Uni idish yuvish vositalari bilan iliq suvda yuvish va ko‘p marta qayta foydalanish mumkin.

    Qog‘oz filtr

    Bu turdagi filtrlar qog‘ozdan iborat bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan ifloslanadi, uni yuvish mumkin emas, cho‘tka bilan tozalab, qayta o‘rnatib qo‘yish kerak. Lekin olib bo‘lmaydigan zarrachalar qoladi, shuning uchun qog‘oz filtrlarni vaqti-vaqti bilan yangisiga almashtirish zarur.

    Changyutgichdan hid tarqalsa

    Eng ko‘p uchraydigan sabab — changyutgichda nam bo‘lishi. Agar nam joylarni tozalash uchun changyutgichdan foydalanmang, u bilan ho‘l qoldiqlarni va nam changni tozalashga urinmang. Ichkarida tutib qolingan namlik bakteriya va mog‘orlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi, bu esa yoqimsiz hidni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, namlik shlangga ham, trubaga ham tushib, uning devorlarida chirk to‘plana boshlaydi. Yana o‘sha eslatma: agar filtrlarni o‘zingiz yuvgan bo‘lsangiz, ularni yaxshilab quriting. Qolgan suv tomchilari ham chirishga, mog‘orlanishga va natijada yoqimsiz hidning paydo bo‘lishiga olib keladi.

    Changyutgichni to‘liq quvvat bilan ishlatmang

    Uydagi aksariyat yuzalarni o‘rtacha quvvatda tozalasa bo‘ladi. Negadir ko‘pchilik har doim changyutgichni to‘liq quvvat bilan ishlatadi, motorga ortiqcha yuk hisoblanadi. Bundan tozalash sifati yaxshilanmaydi, dvigatelning eskirishi oshadi, elektr energiyasi ko‘proq sarflanadi va o‘zingiz ham tez charchaysiz. Shu bilan birga, sifatli tozalash siri nafaqat tortish kuchida, balki to‘g‘ri texnikada ham yotadi. Shunchaki shoshilishmasdan va xonaning perimetri bo‘ylab sekinroq harakat qilish kifoya.

    Har qanday yuzani changyutgich bilan tozalamang

    Odatda, changyutgichlar xonalarda to‘plangan oddiy changdan tozalash uchun ajoyib vositadir. Lekin ular polga tushgan har qanday chiqindini tortib olish uchun mo‘ljallanmagan.

    Shisha

    Singan oynani changyutgichda tozalamang. Shisha qirralari shlang va chang qopiga osongina zarar yetkazadi, shuningdek, ichki qismlarni yirtib yuborishi va hatto, changyutgichga yopishib qolishi mumkin. Bu vaziyatda supurgini qo‘lga olib, katta bo‘laklarni supurib olish, keyin nam mato bilan maydalarini artib olish yaxshiroqdir.

    Soch

    Sartaroshingiz kelib ketgach, pollaringizni changyutgichda tozalamang. Oddiy changyutgich ko‘p miqdordagi sochlarga dosh bera olmaydi, ular tezda chang yig‘uvchi qismiga to‘planib qoladi, cho‘tka atrofiga o‘raladi va siz barcha qismlarni birma-bir obdon tozalashingiz kerak bo‘ladi.

    Qurilish chiqindilari

    Taʼmirdan keyin qolgan qurilish qoldiqlarini changyutgich bilan tozalashning hojati yo‘q, unda xonadon changyutgichi bardosh bera olmaydigan juda ko‘p mayda zarralar va qurilish changlari mavjud. Yupqa chang filtrlarni tezda yopib qo‘yadi va qurilmaning ichki devorlarini qoplaydi. Siklonli konteynerli changyutgichlar ham qurilish changiga mo‘ljallanmagan.

    Katta buyumlar

    Ko‘pincha tozalash paytida paypoqlar, paketlar, bolalar o‘yinchoqlari yoki tangalar changyutgichga tushib etadi. Bularning barchasi shlangga yopishib qolishi mumkin. Ko‘p hollarda narsalarni bir uchidan tortib olish oson, lekin biror narsa mahkam yopishib qolgan bo‘lsa, changyutgichni o‘chirib, qismlarga ajratib tiqilib qolgan narsani olib tashlang. Eng og‘ir holatlarda yangi shlangga buyurtma berish lozim. Changyutgich mebelga tiqilib qolsa, undan shlangni tortib olmang, shlangda yoriqlar paydo bo‘lib, buning natijasida qurilma mustahkamligi va quvvatini yo‘qotishi ehtimoldan holi emas.

    Mavzuga doir:

    • Changyutgich yana nimalarga qodirligini bilasizmi? U bilan amalga oshirish mumkin bo‘lgan 10 ta layfxak
    • Gilamni yuvmasdan qanday qilib undagi dog‘, chang va kirlarni ketkazish mumkin?
    15.02.2023, 21:49   Izoh (0)   8245
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uyda hoziroq almashtirilishi kerak bo‘lgan 10 ta narsa

    14.02.2023, 21:51

    Nima uchun ovqatdan keyin uyqu tortadi va bu xususda nimalarni bilish muhim? 

    14.02.2023, 16:56

    Kiyimdagi dazmol izlarini qanday ketkazish mumkin?

    14.02.2023, 14:55

    Poyabzallarni yangidek saqlash va oyoqlarga ziyon yetkazmasligi uchun 14 ta noodatiy layfxak 

    14.02.2023, 11:10

    Qo‘ziqorinlarni muzlatkichda uzoqroq saqlash, tabletkalarni ichishni unutmaslik : uy-ro‘zg‘or ishlarida qo‘l keladigan oddiy layfxaklar

    13.02.2023, 15:45

    No‘xat, fasol, loviya: nima sababdan bu mahsulotlar aqllilar uchun go‘sht vazifasini bajaradi?

    12.02.2023, 09:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.