Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z yordamchisi, “Axmat” maxsus kuchlari komandiri Apti Alaudinovga suiqasd uyushtirilgani haqida aytib berdi.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, 8-fevral kuni Alaudinovning xizmatchi ofitseri general uchun xabar yuborilgan konvertni olgan. Konvert zaharli moddadan iborat bo‘lgan.
“Apti Aronovich zaharning o‘ziga xos hididan buni tushundi va o‘z vaqtida chora ko‘rdi: qo‘llarini dizinfeksiya qilib, burun bo‘shlig‘ini yuvdi. Konvertni ushlagan generalning xizmatchilari ham shunday qilishdi”, — deb yozadi Checheniston rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
“Zaharlanganlar tibbiy batalonga yotqizildi, u yerda boshliq va ikki nafar harbiy shifokorning — ulardan biri professional toksikolog bo‘lib chiqdi — say-harakatlari natijasida og‘ir oqibatlarning oldi olindi”, — qo‘shimcha qilgan Qodirov.
U suiqasd aynan qayerda sodir bo‘lganiga aniqlik kiritmadi.
Oldingi xabarlariga ko‘ra, fevral oyi boshida Alaudinov Ukrainada urushda bo‘lgan. Hozir u va uning ofitserlari Moskvadagi klinikalardan birida davolanmoqda.
Izoh (0)