Samarqand va Namangan shaharlari alohida ma’muriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Bu jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2023-yilgi davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, may oyiga qadar respublika ahamiyatidagi Samarqand va Namangan shaharlarini va ular tarkibidagi tumanlarni tashkil etish, chegaralarini belgilash, shu munosabat bilan Samarqand va Namangan viloyatlarining chegaralarini o‘zgartirish va ularning yangi ma’muriy markazlarini belgilash to‘g‘risida Oliy Majlis palatalarining qarorlari loyihalari Qonunchilik palatasiga kiritiladi.
Avgust oyigacha Samarqand va Namangan shaharlarini respublika ahamiyatidagi shaharlar sifatida rivojlantirish dasturlari qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlarida dasturning bajarilishi holati yuzasidan Samarqand va Namangan shahar hokimlarining hisobotlari eshitib boriladi.
Samarqand va Namangan viloyatlari hokimliklari, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi topshiriq ijrosi uchun mas’ul etib tayinlandi.
Izoh (0)