Turkiyada zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 7 108 kishiga yetdi, yana 40 910 kishi jarohatlangan, deb xabar bermoqda Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
![](/static/Dunyo/7218c409cb6e7f045b05dbe32c15a344.jpeg)
Voqea joyida 100 mingga yaqin qutqaruvchi ishlamoqda. Ular orasida ko‘ngillilar va boshqa mamlakatlardan, jumladan O‘zbekistondan kelgan bir necha ming mutaxassislar ham bor.
Suriyada esa qurbonlar soni 2 500 kishidan oshdi, deb yozmoqda Reuters. Shuningdek, 4 500 dan ortiq kishi turli jarohatlar olgan.
6-fevral kuni Turkiyada mamlakat tarixidagi eng kuchli zilzilalardan biri sodir bo‘ldi va bu zilzila qo‘shni Suriyaga ham ta’sir ko‘rsatdi. 8-fevral holatiga ko‘ra, seysmologlar deyarli 650 ta yer silkinishini qayd etgan, ularning eng kuchlisi 7,6 magnitudali bo‘ldi.
Izoh (0)