Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida  bosh reja boʻlmaguncha, yangi qurilishlarga moratoriy eʼlon qilinishini maʼlum qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Xabarga koʻra, davlat rahbari qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama boʻyicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, yashil maydonlar tashkil qilish ishlari qurilishlar bilan hamohang olib borilmayotganini tanqid qildi. Shu sababli, shaharning bosh rejasi tasdiqlanmaguncha yangi qurilishlarga moratoriy eʼlon qilinishi taʼkidlandi. 

Qayd etilishicha, 2023-yilda Toshkent shahrining yashillik darajasini 28 foizga yetkazish vazifasi qoʻyildi. Shu maqsadda 100 gektar maydonda yangi bogʻ tashkil qilinadi. “Toshkent yashil belbogʻi” loyihasi boshlanib, bahor mavsumida 525 ming tup daraxt va butalar, 20 million tup gul koʻchatlari ekiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi” — Respublika valyuta birjasi bosh direktori
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi