Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrida 2023-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trillion soʻm kredit yoʻnaltiriladi, oilaviy tadbirkorlik uchun 300 milliard soʻm imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, Prezident poytaxt jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida yigʻilish oʻtkazmoqda. Yigʻilishda 2023-yilda poytaxtda aholi bandligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha ulkan marralarga erishishda tadbirkorlarga tayanish, ularni qoʻllab-quvvatlash lozimligi taʼkidlandi. 

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trillion soʻm kredit yoʻnaltiriladi, oilaviy tadbirkorlik uchun 300 milliard soʻm imtiyozli kreditlar ajratiladi. Mutasaddilarga yil yakuniga qadar:

  • 14 ta yirik savdo kompleksini ishga tushirish, shuningdek, 12 mingta savdo-servis obyektlari tashkil etishni taʼminlash;
  • 57 ta mehmonxona, 3,5 mingta umumiy ovqatlanish va mahallalarda 7 mingta savdo-servis obyektlarini ishga tushirishga koʻmaklashish topshirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda aholi punktidan tashqaridagi yo‘llarda qoidabuzarlikni aniqlashda dronlardan foydalanilishi mumkin
Dunyo
Fransiyada pensiya yoshini oshirishga qarshi namoyishlarda 400 dan ortiq politsiyachi jabrlandi (video)
Mahalliy
Toshkent viloyatida 271,8 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi