Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Saudiya Arabistoni diplomatlari Afg‘oniston poytaxtida teraktlar xavfi yuqoriligi haqidagi ogohlantirishlar ortidan o‘tgan hafta oxirida Kobuldan Pokistonga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda diplomatik muhitdagi manbalarga tayanib, Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Foto: ED news

Saudiya diplomatlari Islomobodda qancha vaqt qolishni rejalashtirayotgani hozircha noma’lum.

O‘z navbatida, Afg‘onistonda hukumat tepasida turgan “Tolibon” harakati vakillari Kobulda xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar yo‘qligini da’vo qilmoqda.

“Ular (Saudiya diplomatlari) xavfsizlik masalasini oʻz-o‘zidan tilga oldi, biz bu yerda hech qanday muammo koʻrmayapmiz, chunki Afgʻonistondagi, ayniqsa Kobuldagi xavfsizlik holati qoniqarli. Elchixonalar ko‘plab qo‘riqchilar bilan ta’minlangan”, — dedi “Tolibon” vakili Zabihulla Mujohid.

“Tolibon” rejimi dunyoning hech bir davlati tomonidan tan olinmagan bo‘lsa-da, ayrim davlatlar, xususan, Xitoy, Turkiya, Pokiston, Eron, Rossiya va boshqa ba’zi davlatlarning Kobulda diplomatik vakolatxonalari bor.

Sentabr boshida Kobuldagi Rossiya diplomatik missiyasi konsullik bo‘limiga kiraverishda ISHID a’zosi o‘zini portlatib yuborgandi. Umuman olganda, Afg‘onistonda tinch aholi yashaydigan joylar va masjidlarda tez-tez teraktlar sodir etilmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi