Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zgidromet” 9-fevral, payshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qilidi.

Foto: Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahrida havo bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, kunning ikkinchi yarmida qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 15-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-7 daraja iliq boʻladi, kechga tomon 0-2 darajagacha pasayadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq boʻladi.

Eslatib o‘tamiz, 9—10-fevralda O‘zbekiston hududiga markazi Rossiyaning Yevropa qismi ustida shakllangan sovuq antisiklon kirib keladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)