• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo” kundaligida 8-fevral kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 8-fevralda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Turkiya va Suriyada zilzila qurbonlari 9 ming kishidan oshdi, hozirda 70 dan ortiq mamlakat jumladan O‘zbekistondan qutqaruv guruhlari jo‘natilmoqda

    So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, Turkiyada zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 7 ming kishidan oshdi, yana 50 mingga yaqin kishi jarohatlangan. Suriyada esa qurbonlar soni 2 500 kishidan oshgan, shuningdek, 4 500 dan ortiq kishi turli jarohatlar olgan.

    Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay ma’lum qilishicha, ofat joyida 16 139 ta guruh qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda.

    70 dan ortiq davlat, jumladan, O‘zbekiston qutqaruv guruhlari va boshqa ko‘rinishdagi yordamni yubordi.

    Suriya davlat axborot agentligi SANA xabar berishicha, ayni vaziyatda hukumat nazoratidagi Aleppo, Latakiya, Xama, Idlib va ​​Tartus viloyatlarida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida 812 kishi halok bo‘lgan.

    6-fevral kuni Turkiyada mamlakat tarixidagi eng kuchli zilzilalardan biri sodir bo‘ldi va bu zilzila qo‘shni Suriyaga ham ta’sir ko‘rsatdi. 8-fevral holatiga ko‘ra, seysmologlar deyarli 650 ta yer silkinishini qayd etgan, ularning eng kuchlisi 7,6 magnitudali bo‘ldi.

    Eron tarixdagi eng yirik harbiy mashg‘ulotlarga nisbatan yirik yerosti bazasini ochdi

    Eron armiyasi AQSH va Isroilning qo‘shma mashg‘ulotlariga javoban o‘zining havodagi harbiy imkoniyatlarini namoyish qilish uchun yirik yerosti bazasini ochdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

    Eron davlat televideniyesi 7-fevral kuni Eagle 44 bazasidagi turli xil qiruvchi samolyotlar va harbiy uchuvchisiz samolyotlarni namoyish qildi. Mazkur bazaning qayerda joylashgani haqida ma’lumot oshkor qilinmagan.

    Ta’kidlanishicha, baza AQSHning strategik bombardimonchi samolyotlaridan tashlab yuborilgan o‘q-dorilardan himoyalanish uchun tog‘larda joylashgan. 

    Yopiq majmua AQSH va Isroil minglab askar va o‘nlab samolyotlar, dengiz kemalari va artilleriya tizimlarini qamrab olgan tarixdagi eng yirik qo‘shma mashg‘ulotlarini o‘tkazganidan ikki hafta o‘tmasdan ochildi.

    Bu qo‘shma mashg‘ulotlar, o‘z navbatida, Eron o‘zining harbiy tayyorgarligini ko‘rsatish uchun mashg‘ulotlar o‘tkazganidan bir necha kun o‘tib boshlangan.

    Oxirgi oylarda Tehron va Moskva ikki tomonlama munosabatlarni tez sur’atlar bilan kengaytirayotgani sababli, Eron Rossiyadan yaqinda ilg‘or Su-35 qiruvchi samolyotlarini olishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

    Eron harbiy amaldorlari samolyotga qiziqish bildirgan, ammo yetkazib berish qachon amalga oshirilishi haqida izoh bermagan.

    Rossiya ochiq dengizda neft eksporti rekordlarini yangilamoqda

    O‘tgan haftada Rossiyadan dengiz orqali neft eksporti hajmi yana rekord darajaga yetdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi. 

    Ma’lumotlarga ko‘ra, dengiz orqali neft tashish hajmining o‘sishi neft quvurlari orqali Yevropaga eksport hajmining pasayishi bilan deyarli to‘liq qoplandi.

    Ammo neft yetkazib berish hajmi ortishiga qaramay, uning eksportidan Rossiya budjeti daromadlari kamayib bormoqda. Bu tashqi bozorlarda Rossiyaning Urals neftiga qo‘yilgan chegirma bilan bog‘liq.

    Tankerlarda tashiladigan Rossiya neftining asosiy xaridorlari Xitoy, Hindiston va Turkiyaga aylandi. Haligacha manzili noma’lum bo‘lgan tankerlardagi neft hajmi hisobga olinsa (agentlik ularning ko‘p qismi ushbu mamlakatlarga ketishini taxmin qilmoqda), bu hududlarda yetkazib berish hajmi kuniga 3,29 million barrelga yetdi.

    Bolgariya Yevropada dengiz orqali o‘tadigan Rossiya neftining yagona oluvchisi hisoblanadi. Ushbu mamlakat Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiya xomashyosini yetkazib berish embargosidan ozod qilingan yagona Yevropa davlati edi.

    Mamlakat moliya vazirligining xabar berishicha, 2023-yil yanvarida Urals neftining o‘rtacha narxi bir barrel uchun 49,48 dollarni tashkil qilgan, bu o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan salkam 2 baravarga kam qiymat.

    Ayni vaziyatda Yevropa Ittifoqi va G7 mamlakatlari uchinchi davlatlarga yetkazib berilayotgan Rossiya neftining bir barreliga 60 dollardan narx chegarasini belgilagan.

    O’zbekistonda zilzila sodir bo‘lsa, uylarimiz bunga bardosh bera oladimi?

    Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida jurnalistning “Bizda qurilayotgan uylar qanchalik zilzilaga bardoshli, tajribalar oʻtkazilganmi? Necha ballgacha kafolat bera olasizlar?”, mazmunidagi savoliga qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosarining javob berdi va u ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻldi.

    Davron Adilov bu savolga “Men 36 million odam qilayotgan ishga kafolat berolmayman. Davlat tarafidan o‘rnatilgan nazorat, joriy qilingan tartib-qoida va standartlarga kafolat berolaman. Qurilish ishlariga javobgar birinchi navbatda obyektning egasi, ya’ni binoni qurayotgan ‘boy ota’ javobgar”, — deb javob bergan.

    Shundan so'ng vazirlik matbuot xizmati yuzaga kelgan holatga munosabat bildirib, videolavhada gap qurilishda javobgar, avvalo, buyurtmachi ekani xususida borganini ma’lum qildi.

    Ta’kidlanishicha, Shaharsozlik kodeksining 5-bob, 26-moddasida qurilishni nazorat qilishda funksional majburiyatlar belgilab qoʻyilgan.

    Obyektlarni qurish chogʻida qurilish ustidan davlat nazorati, buyurtmachining texnik nazorati, ishlab chiquvchining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazorati boʻlishi talab etiladi. 

    “Taʼkidlash kerakki, loyiha tashkilotlari tomonidan qurilishlar hududning 7,8 va yoki 9 etib belgilangan seysmik baliga koʻra rejali loyihalashtiriladi”, — deya tushuntirish bergan vazirlik o‘z munosabatida.

    Ya’ni bunday jarayonlarda eng avvalo binoning yong'in xavfsizligi va seysmik bardoshliligi inobatga olinishi zarur.

    08.02.2023, 22:05   Izoh (0)   6045
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)

    08.02.2023, 20:21

    Rossiyalik millatchi, Ukrainaga bosqin ramzi bo‘lgan “Z” ixtirochilaridan biri Igor Mangushev vafot etdi. U boshidan o‘q yegandi

    08.02.2023, 19:59

    “Putinsiz dunyo yaxshiroq bo‘lardi” — Germaniya mudofaa vaziri

    08.02.2023, 19:49

    Yevropa Kengashi Bosh kotibi Rossiya uchun maxsus tribunal yaratish variantlarini aytdi

    08.02.2023, 19:42

    Saudiya diplomatlari “teraktlar xavfi yuqoriligi” sabab Afg‘onistonni tark etdi

    08.02.2023, 19:34

    Rossiyada urushga borishdan bosh tortgan mahbuslarga qo‘shimcha jazo muddati bilan tahdid qilinmoqda — OAV

    08.02.2023, 18:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.