Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jizzax va Samarqand viloyatlarida katta tuvaloq (otis tarda) qushi qishlayotganini aniqlandi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati

Qayd etilishicha, ilmiy xodimlar “O‘zbekiston ochiq suv havzalarida qishlab qoluvchi suv qushlarining qishki sanog‘i” loyihasi doirasida qushlarning 2023-yilgi qishki sanog‘ini o‘tkazish ishlarini olib bormoqda.

Foto: Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati

Katta tuvaloq Ustyurt yassi tekisligida, Janubi-sharqiy Qizilqum, Sirdaryo, Chirchiq, Ohangaron va Zarafshon daryosi vohasi, Surxondaryo va Sherobod daryolarning quyi qismlaridan uchib o‘tadi va nomuntazam qishlaydi. O‘zbekistondan tashqarida, Yevropa, Shimoliy Afrika, Qozog‘iston, G‘arbiy Osiyoda uyalaydi va qishlaydi.

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ushbu noyob turdagi qushlar soni ovchilik hamda yashash yerlarining qisqarishi oqibatida keskin kamayib ketgan. Institut xodimlari tomonidan ushbu qushning yashash tarzi va muhofazasi bo‘yicha ma’lumotlar jamlanib, tegishli tartibda ro‘yxatga olindi. Katta tuvaloq butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, uchib o‘tuvchi qushlarning kenja turi hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan smart sanitar-gigiyenik shoxobcha ishga tushirildi (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 31-mart kuni 32 darajagacha issiq bo‘ladi
Mahalliy
Samarqanddagi eski tovuq fabrikasida gaz portladi