• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Anemiya, shishlar va kuchli ogʻriq: buyrak muammolarini koʻrsatadigan 6 ta xavfli alomat

    “Buyraklar ishlamay qolganda Borjomi ichishga kech boʻldi” degan hazilomuz iborani eshitganmisiz? Buyraklar kasalligining rivojlanishini faqatgina tibbiy choralarning kompleks majmuasi bilan toʻxtatish mumkin. Xoʻsh, oʻzi buyrak qanday organ? Va u qanday vazifa bajaradi?

    Maʼlumki, buyraklar qorin boʻshligʻida umurtqa pogʻonasining pastki orqa darajasida ikkala tomonda joylashgan juft organlardir. Buyrak funksiyasi ortiqcha suyuqlik va metabolizm chiqindilarini chiqarib yuborish bilan cheklangan, degan fikr mutlaqo notoʻgʻri. Aslida, buyraklar butun bir organizmning toʻliq ishlashida hal qiluvchi rol oʻynaydigan va u uchun koʻplab hayotiy jarayonlarga javobgar boʻlgan organdir. Keling, quyida asosiylarini koʻrib chiqaylik:

    • Buyraklar kaliy tuzi, xlor, vodorod, kalsiy, magniy va bikarbonatlar kabi minerallar, boshqa kimyoviy moddalarni tartibga soladi. Aynan buyrak organizmdagi suyuqlikning optimal tarkibini saqlaydi. Patologiya holatida yuqoridagi moddalarning konsentratsiyasi nomutanosib boʻlib qoladi, bu esa yurak ritmining buzilishiga, mushaklari faoliyatining oʻzgarishiga, suyaklar, tishlarning yomonlashishiga va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi.
    • Turli gormonlar (renin, aldosteron, angiotenzin, prostaglandin va boshqalar) ishlab chiqarilishi, organizmdagi suv va tuzning tartibga solinishi ham bevosita buyraklar faoliyatiga bogʻliq.
    • D vitamini buyraklar tufayli gormonal shaklga aylanadi va faollashadi, bu esa oziq-ovqat tarkibidagi kalsiy soʻrilishini, suyaklar va tishlarning normal oʻsishini taʼminlaydi.
    • Gemoglobin darajasi ham bevosita buyraklar ishiga bogʻliq, chunki eritropoetin aynan shu organlarda sintezlanadi — qizil qon tanachalari yoki eritrotsitlar ishlab chiqarish uchun javob beradigan gormon. Buyrak kasalligi bilan uning ishlab chiqarilishi kamayadi, bu anemiyaning asosiy sababiga aylanadi.

    Organizmda buyrak funksiyasining xilma-xilligi tufayli uning buzilishi belgilari nihoyatda oʻziga xos emas. Keling, quyida asosiy alomatlar xususida toʻxtalamiz.

    Ogʻriq hissi

    Foto: Marie Claire

     

    Odatga koʻra ogʻriq organizmdagi noxush jarayonlarning birinchi signalidir. Aksariyat hollarda bu buyrak patologiyasiga xos emas. Istisno bor: buyrak va siydik yoʻllarining mexanik tirnalishi bilan bogʻliq bir qator kasalliklar (bularga urolitiyoz, polikistik kasallik va boshqa baʼzi kasalliklar kiradi) kuzatilganda alomati ogʻriq bilan namoyon boʻladi.

    Kistalar yoki buyrak toshlarining harakatidan kelib chiqadigan mexanik bosim chidab boʻlmas ogʻriqlarga olib keladi. Yuqoridagi tashxislarni tasdiqlash va buyrak sohasidagi ogʻriqlar sababini aniqlash uchun buyraklarni ultratovush tekshiruvi oʻtkazish va umumiy siydik tahlili kabi minimal klinik va instrumental tekshiruvlar yetarli hisoblanadi. Buyrak funksiyasining pasayishi oqibatida buyrak yetishmovchiligining rivojlanishi ogʻriq bilan birga kelmaydi.

    Shishlar

    Shish — buyrak faoliyati buzilishining eng keng tarqalgan belgilaridan biri. Ularning lokalizatsiyasi yuz sohasi, ayniqsa, koʻz qovoqlari, shuningdek, qoʻl-oyoqlarda tez-tez namoyon boʻladi. Shishning darajasi deyarli sezilmaydigan darajadan ogʻir holatga ham oʻtishi mumkin. Oʻzgaruvchanlik baʼzan yurishga xalal beradi.

    Buyrakdagi muammo yomonlashgani sababli, shish sindromi tobora kuchayib boradi. Kuchli shishning toʻsatdan paydo boʻlishi koʻplab buyrak kasalliklarining boshlanishiga xosdir. Ammo shishlar ham buyrak patologiyasining aniq oʻziga xos belgisi emas. Buyrak yetishmovchiligining oxirgi bosqichida ham shishish kuzatilmasligi mumkin. Buyrak funksiyasining buzilishi bilan bir qatorda shish boshqa jiddiy kasalliklarda uchraydi. Toʻgʻri xulosa uchun toʻliq tekshiruv talab qilinadi.

    Oshqozon-ichak trakti faoliyatining buzilishi va intoksikatsiya

    Buyrak oʻz funksiyasini bajara olmaganda organizmda zaharli moddalar tabiiy ravishda toʻplanadi. Oqibatda asta-sekin ishtaha yoʻqoladi, koʻngil ayniydi, qusish va oshqozon-ichak traktining boshqa koʻplab buzilishlari namoyon boʻla boshlaydi. Intoksikatsiya teri va shilliq qavatining qichishi koʻrinishi bilan birga sodir boʻladi. Tibbiy maʼlumotsiz bunday alomatlarni buyraklar bilan bogʻlash qiyin, shuning uchun bunday belgilar paydo boʻlsa, murakkab diagnostika va mutaxassis maslahati zarur.

    Yuqori qon bosimi

    Qon bosimining yuqoriligi ham buyrak kasalligidan ogohlantiruvchi alomatdir. Gipertoniyaning oʻzi buyrak yetishmovchiligi uchun xavf omili ekanligini yoddan chiqarmaslik lozim. Shu bois qon bosimining oshishi buyraklar shikastlanishiga olib keladi. Buyrak funksiyasining buzilishi, oʻz navbatida, gipertonik kasalliklar holatini ham ogʻirlashtiradi. Har qanday holatda ham qon bosimini nazorat qilish majburiydir.

    Anemiya

    Foto: Marie Claire

     

    Buyraklar gematopoez (qonda eritrotsit, leykosit va trombosit hujayralarining hosil boʻlish jarayoni)da bevosita ishtirok etadi: aynan buyrakda eritropoetin ishlab chiqariladi, bu gormon qizil qon hujayralari ishlab chiqarilishida ishtirok etib, qondagi gemoglobinning normal darajasini taʼminlaydi. Buyraklar ishi buzilgan taqdirda eritropoetin sintezining pasayishi anemiyaga olib keladi. Bu bir qator alomatlar bilan tavsiflanadi: holsizlik, charchoq, rangpar teri, soch toʻkilishi, tirnoqlar moʻrtligi va boshqa alomatlar kuzatiladi.

    Biroq anemiya ham buyrak yetishmovchiligining oʻziga xos belgisi emas. Agar uzoq vaqt davomida gemoglobinning pasayishi kuzatilsa, bu buyraklar faoliyati buzilganining yagona alomatidir. Yaʼni, xarakterli xususiyat shundaki, anemiyani davolash uchun qilingan tibbiy muolaja va preparatlar samara bermaydi, bu holatda muammo buyraklar bilan bogʻliq ekanini anglatadi.

    Peshob miqdori va tarkibida oʻzgarishlar

    Buyrak xastaligidan shubhalansangiz, birinchi navbatda peshob davomiyligi va rangiga eʼtibor bering. Koʻpik, qon yoki boshqa aralashmalar mavjudligi darhol laboratoriya diagnostikasi va davolashni talab qiladi. Shuningdek, kunlik peshob miqdorining kamayishi buyraklarda muammo borligini koʻrsatadi.

    Xulosa

    Buyraklar organizm faoliyatini tartibga solishda ishtirok etadi, buyrakdagi har qanday oʻzgarish boshqa barcha organlar va tizimlar yaxlitligining buzilishiga olib keladi.

    Buyrak patologiyasini oldini olish uchun yuqoridagi belgilarning ilk bor namoyon boʻlishi bilan shoshilinch ravishda shifokor bilan maslahatlashish, buyrak kasalliklarini istisno qilish, oʻz vaqtida davolash uchun keng qamrovli klinik va laboratoriya tekshiruvidan oʻtish zarur.

    Mutaxassis xavf ostidamisiz yoki yoʻq — aniqlashga yordam beradi, shuningdek, profilaktika choralarini belgilaydi va majburiy skrining vaqtlarini belgilaydi.

    Mavzuga doir:

    • Buyraklar shamollaganda og‘riqni qanday yengillatish mumkin?
    • Nafas olganda kurakda og‘riq paydo bo‘lsa: sabablar va davo choralari
    07.02.2023, 13:46   Izoh (0)   15140
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Semirib ketmaslik uchun qanday ovqatlanish lozim? Ozgʻin ayollarning 10 ta foydali odati

    07.02.2023, 11:43

    Keksalik ratsioni: qarish jarayonining muddatidan oldin tezlashishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

    04.02.2023, 19:12

    Mikroto‘lqinli pechni yaltiratib tozalashning sinalgan usullari

    04.02.2023, 17:32

    Diqqatni jamlashga yordam beruvchi uchta oddiy usul

    04.02.2023, 09:10

    Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin? Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar 

    03.02.2023, 17:42

    Har doimgidan ham oson: tuxum tozalashning ko‘pchilikka noma’lum usuli

    03.02.2023, 09:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.