• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘sib borayotgan boj tushumlari, bekor qilingan cheklovlar va soddalashtirilgan tizim – bojxonada 6 yillik muhim o‘zgarishlarga nazar

    Tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish, investitsion jozibadorlik va eksport salohiyatini oshirishda bojxona sohasining o‘rni muhim. Buni tizimda amalga oshirilayotgan ishlar natijasidan ham ko‘rish mumkin. Bugun bojxona sohasida iqtisodiyot uchun foyda keltirayotgan zarur o‘zgarishlar to‘g‘risida so‘z yuritamiz.

    Foto: “Daryo”

    Budjet tushumlari va imtiyozlar ko‘paygan

    So‘nggi yillarda davlat budjetiga kelib tushayotgan bojxona to‘lovlari hajmi sezilarli darajada o‘sib bormoqda. Aytish kerak, 2022-yilda davlat budjetiga undirilgan bojxona to‘lovlari so‘nggi olti yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich – 46,3 trillion so‘mni tashkil etdi. Taqqoslash uchun qaralsa, 2017-yildagi bojxona tushumlari 7,6 trillion so‘m bo‘lgan.

    Infografika: “Daryo”

    O‘zbekistonda tadbirkorlarga imtiyozlar berish biznes rivojida muhim yo‘nalish sifatida ko‘riladi. Xususan, o‘tgan yili tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bojxona to‘lovlaridan 56,6 trillion so‘mlik imtiyoz va tarif preferentsiyalari qo‘llanildi. Solishtirish uchun, 2017-yilda tadbirkorlarga 28,6 trillion so‘mlik shunday yordam ko‘rsatilgan.

    Shu bilan birga, bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash tartiblari soddalashtirildi. Buning natijasida 2022-yilda tadbirkorlar 5,6 trillion so‘m miqdoridagi bojxona to‘lovlarini to‘lashda ushbu imkoniyatdan foydalandi.

    Foto: “Daryo”

    Bojxona qo‘mitasining “Daryo”ga maʼlum qilishicha, 2017-yilda respublikada 10 ming 564 nafar tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib, ularning soni 27 ming 338 nafarga yetgan.

    O‘tgan olti yil davomida chegara bojxona postlari orqali harakatlangan avtotransport vositalari soni ham sezilarli oshgan. Masalan, 2022-yilda 2,4 millionta avtotransport vositalari qayd etilgan bo‘lsa, 2017-yilda ularning soni 484,7 ta bo‘lgan.

    Infografika: “Daryo”

    “Xavfni boshqarish”, “yashil” va “qizil” yo‘laklar

    Bojxona sohasidagi eng muhim o‘zgarishlardan biri shubhasiz, “yashil” va “qizil” tizimining bosqichma-bosqich joriy etilishi bo‘ldi. 2018-yil 1-yanvardan O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida, 2021-yil 1-yanvardan avtomobil va temir yo‘l o‘tkazish punktlarida yo‘lovchilarni soddalashtirilgan bojxona nazoratidan o‘tkazishni nazarda tutuvchi ikki yo‘lakli (“yashil” va “qizil”) tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu bojxona tushumlari ortishi bilan birga, yo‘lovchilarga maksimal qulaylik yaratish borasidagi jiddiy yangilik edi.

    Foto: “Daryo”

    Tizimda yana bir yaxshi o‘zgarish – 2018-yil 1-dekabrdan boshlab, “yalpi” bojxona nazoratidan voz kechilib, tovar va transport vositalarini xavf darajasidan kelib chiqib tanlov asosida bojxona nazoratidan o‘tkazish tartibini nazarda tutuvchi “Xavfni boshqarish” tizimi joriy qilindi. Buning natijasida eksportda 86 foiz va importda 76 foiz tovarlar soddalashtirilgan tartibda, yaʼni bojxona ko‘rigisiz faqatgina hujjatli tekshiruv asosida rasmiylashtirish tartibi qo‘llanila boshlandi.

    Umumiy rasmiylashtiruv vaqti eksportda 4,5 barobar, importda esa 2 barobar qisqardi. Bojxona ko‘riklari soni 1,7-marta kamayib, samaradorlik 41 foizga ko‘tarildi. Shuningdek, tovarlarni ekspertizadan o‘tkazish 6 barobarga kamayib, samaradorlik 3 barobarga ortdi.

    Bundan tashqari, deklaratsiyalarni avtomatik ro‘yxatga olish tizimi joriy etildi. Avval ushbu jarayonga 2-3 soat sarflangan bo‘lsa, hozir 5 daqiqada amalga oshirilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Raqamlashtirish

    Bojxonani raqamlashtirish doirasida axborot tizimlari soni 67 taga va interaktiv xizmatlar soni 33 taga yetkazildi. Xususan, “Elektron tranzit”, “Yuk operatsiyalari”, “Elektron-Arxiv” va “Bojxona ko‘rigi” mobil ilovasi kabi yangi axborot tizimlari yaratilib, nazorat tartibotlari yanada soddalashtirildi.

    Yangi axborot tizimlarini ishga tushirilishi natijasida, tadbirkorlik subyektlarining yillik 75 milliard so‘mlik mablag‘lari va rasmiylashtiruv uchun sarf vaqti 2 barobarga tejaladi.

    2019-yil 1-fevraldan halol, qonunga itoatkor tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun soddalashtirilgan bojxona tartibotlari, imtiyoz va yengilliklar taqdim etish maqsadida vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti tashkil etildi.

    Foto: “Daryo”

    2020-yildan boshlab, “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi ishga tushirilib, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq barcha ruxsatnoma tartibotlariga oid 12 ta organning 50 turdan ortiq ruxsatnoma hujjatlarini ushbu tizim orqali olish imkoniyati yaratildi. Bugungi kunda tizim orqali 58 mingdan ortiq tadbirkorlarga 1,6 mln ruxsatnomalar taqdim etilgan.

    2021-yildan xavf darajasi past bo‘lgan tovarlarni inson omilisiz avtomatik ravishda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazuvchi “Avtorasmiylashtiruv” tizimi joriy etilib, rasmiylashtirish hajmi eksportda 1,4 foizdan 85 foizga yetkazildi.

    Shu bilan birga, tovarlarni import qilmasdan uchinchi davlatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish amaliyoti joriy etildi. Tovarlarni qayta ishlash rejimiga joylashtirish tartiboti soddalashtirilib, xorijiy buyurtmachi mavjud bo‘lmagan taqdirda ham qayta ishlashga ruxsat berildi hamda qadoqlash, saralash, tozalashi kabi yangi operatsiya turlari yo‘lga qo‘yildi.

    Bojxona qiymatini belgilash tartibotlari soddalashtirilib, taqdim etilishi majburiy bo‘lgan beshta hujjat hamda narx maʼlumotlari byulletenidan foydalanish amaliyoti bekor qilindi.

    Foto: “Daryo”

    2022-yilda tadbirkorlarga tovarlar importida bojxona to‘lovlari va tovarning TIF TN kodini oldindan aniqlash imkonini beruvchi “Dastlabki qaror” berish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

    Shu bilan birga, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarida tadbirkorlik subyekti bilan bojxona organlari xodimlarining bevosita muloqotini oldini olish maqsadida 14 ta hududda Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlari tashkil etildi.

    Bundan tashqari, xalqaro tajriba (Xitoy, Turkiya va Koreya) asosida 11 ta aeroport chegara bojxona postlarining uchib ketish yo‘nalishida takroriy nazorat funksiyalarini bartaraf etilib, “Masofaviy bojxona nazorati” tizimi joriy etildi.

    Xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratish borasida Surxondaryoning “Ayritom” chegara bojxona posti orqali yo‘lovchilarni tezkorlik bilan o‘tishini taʼminlovchi “Fast track” xizmati yo‘lga qo‘yildi.

    O‘zbekistonda TIR-karnet kitobchalari asosida tashuvlarni elektron rasmiylashtirishni nazarda tutuvchi “Ye-TIR” loyihasi amaliyotga joriy etildi. Mazkur tizim milliy bojxona tizimlari o‘rtasida tovar va transport vositalari, konteynerlarning xalqaro tranziti uchun xavfsiz maʼlumotlar almashinuvini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Yevropa iqtisodiy komissiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, kelajakda eTIR xalqaro tizimi imkoniyatlaridan 34 mingdan ortiq transport va logistika kompaniyalari foydalanishi, transchegaraviy tashuv vaqtini 92 foizgacha, xarajatlarni esa 50 foizgacha kamaytirish imkonini beradi.

    Taʼkidlash joizki, yirik hajmli yuk avtomashinalarini respublikaga import qilishda bojxona to‘lovlaridan qo‘llanilgan imtiyozlar yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga, milliy avtotashuvchilar salmog‘ining ortishiga xizmat qildi.

    So‘ngi besh yilda O‘zbekistonda TIR-karnet kitobchalaridan foydalanuvchi tashuvchilar soni 12 barobarga ko‘payib, 2018-yilda 258 dan ziyod kompaniyalar TIR-karnet kitobchalari asosida xalqaro tashuvlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 1 ming 266 tani tashkil etmoqda. Taqdim etilgan TIR-karnet kitobchalari soni 61 foizga oshib, 137 mingtaga yetgan.

    2020-yilda chegara orqali harakatlangan yuk avtomashinalar soni 598 mingta bo‘lib, shundan milliy tashuvchilar ulushi 45 foizni bo‘lgan. 2022-yilga kelib bu raqamlar keskin o‘zgardi va yuk avtomashinalar soni 1,1 milliontani tashkil etib, shundan 55 foizi milliy tashuvchilar ulushiga to‘g‘ri keldi.

    Foto: “Daryo”

    Xalqaro tajribadan kelib chiqib, respublikadagi 11 ta xalqaro aeroportlarning uchib ketish yo‘nalishida takroriy nazorat funksiyalarini bartaraf etilib, “Masofaviy bojxona nazorati” tizimi joriy etildi.

    Endilikda viloyatlar markazlari va qadimiy shaharlarda ham bojsiz savdo do‘konlari tashkil etilmoqda. Hozirda bunday do‘kon ilk bor Samarqand shahrida ish boshlagan bo‘lsa, kelgusida Buxoro, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari markazlarida, Toshkent viloyatining “G‘ishtko‘prik”, Andijonning “Do‘stlik” chegara bojxona postlarida ham “Duty Free” do‘konlarini ochish ishlari olib borilmoqda.

    Bekor qilingan cheklovlar va yangi imkoniyatlar

    So‘ngi olti yili ichida bojxona sohasida yuz bergan o‘zgarishlarning katta qismi aksariyat cheklovlarning bekor qilinishi bilan bog‘liq. Masalan, bojxona organlari tomonidan berilishi nazarda tutilgan o‘ndan ortiq ruxsatnomalar bekor qilinib, rasmiylashtiruv jarayonidagi taqdim etilishi lozim bo‘lgan 15 dan ortiq hujjatlar salmog‘i to‘rttaga qisqartirildi. Bu ham ko‘pchilik insonlar uchun yaratilgan qulayliklardan bir qismi hisoblanadi.

    Foto: “Daryo”

    Shu bilan birga, tashqi savdo shartnomalarini majburiy ro‘yxatga olish tartiboti, tovarlar eksportini kafolatlangan to‘lovni taʼminlash bo‘yicha talab hamda valyuta tushumidagi majburiy sotish amaliyoti bekor qilindi.

    Xorijiy avtotashuvchilarning O‘zbekiston hududi bo‘ylab harakatlanish marshrutlarini o‘zgartirishga bo‘lgan bojxona organlarining vakolati bekor qilindi.

    Qiymati 5 000 AQSH dollariga teng tovarlarni deklaratsiyalamagan holda respublika hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat berildi.

    Meva-sabzavot mahsulotlarining qiymatini eksportda erkin belgilash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

    Tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida tovarlar eksportini amalga oshirilishiga ruxsat berildi.

    Foto: “Daryo”

    Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bojxona brokerlariga murojaat qilmasdan bojxona yuk deklaratsiyalarini internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida to‘ldirish va bojxona organlariga taqdim etish huquqiga ega bo‘ldi.

    Tovarlarni import qilmasdan uchinchi davlatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish amaliyoti joriy etildi.

    Tovarlarni qayta ishlash rejimiga joylashtirish tartiboti soddalashtirilib, xorijiy buyurtmachi mavjud bo‘lmagan taqdirda ham qayta ishlashga ruxsat berildi hamda qadoqlash, saralash, tozalash kabi yangi operatsiya turlari joriy etildi.

    Qonunbuzilish holatlariga qarshi kurash

    Bojxona qo‘mitasining “Daryo”ga xabar qilishicha, bojxonachilar tomonidan 2022-yilda aniqlangan 17 mingdan ortiq bojxona qonunbuzilishi holatlarida 844 milliard so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.

    O‘tgan yilda 2021-yilga nisbatan 42 foizga ko‘proq – 749 kilogramm og‘irlikdagi giyohvandlik vositalari ushlab qolingan. Shuningdek, 316 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi dorilar, 5,3 ming dona psixotrop moddalar qonunbuzarlardan olib qo‘yilgan.

    Foto: “Daryo”

    Bundan tashqari, qiymati 14,6 milliard so‘mlik 38 kilogrammdan ziyod noqonuniy tilla va boshqa zargarlik buyumlari aniqlangan va bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 5 foizga ko‘p deganidir.

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, bojxona chegaralari orqali 2021-yilga nisbatan 6,7 barobarga ko‘p miqdorda, yaʼni 4,5 million dollarga teng noqonuniy naqd xorijiy valyutalar ushlab qolindi.

    Bojxona organlarining tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlari natijasida 2022-yilda qiymati 19,8 milliard so‘mlik 1 million 620 ming quti tamaki mahsulotlari to‘xtatilgan.

    O‘zbek xalqining boy madaniy va tarixiy boyliklarini asrab qolishga bojxona xodimlari ham hissa qo‘shmoqda. Masalan, 2022-yilda 1 ming 565 dona madaniy boyliklarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishining oldini olindi. Afsuski, bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 15 foizga oshgan.

    Umuman olganda, sohada bojxona tartiblarini soddalashtirish, biznesni rivojlantirish yo‘lida byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash ishlari jadal amalga oshmoqda. 

    Islombek Umaraliyev

    06.02.2023, 19:34   Izoh (0)   4461
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda qarzini qaytarish uchun 1 200 qalbaki dollarni bergan shaxs qo‘lga tushdi

    06.02.2023, 19:16

    O‘zbekistonda 27 million aholi mobil aloqadan foydalanishi ma’lum qilindi

    06.02.2023, 18:19

    Toshkentdagi ayrim ko‘p qavatli uylar issiq va sovuq havoni o‘tkazmaydigan bazalt plitalari bilan qoplanadi 

    06.02.2023, 18:15

    O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 

    06.02.2023, 17:32

    O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 

    06.02.2023, 17:17

    Amrillo Inoyatov shifokorlarning fuqarolar tomonidan rag‘batlantirilishini yoqladi. Antikorrupsiya agentligi bunga munosabat bildirdi 

    06.02.2023, 17:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi 2025-yilda yashash uchun eng qulay shahar ma’lum qilindi

    Dunyo | 19 iyun, 07:30

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30

    “Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va quritilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor” — prezident

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:28

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi

    Dunyo | 18 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 iyun, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.