Si Szinpin armiyaga 2027-yilgacha Tayvanni bosib olishga tayyorlanishni buyurgan — AQSH razvedkasi
Xitoy raisi Si Szinpin mamlakat armiyasiga 2027-yilgacha Tayvan ustidan nazorat o‘rnatish uchun operatsiya o‘tkazishga tayyor turishni buyurdi. Bu haqda AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Berns ma’lum qildi, deb yozadi Reuters.

Razvedka rahbari bu Xitoy orolni shu muddatgacha bosib oladi, degani emasligi, biroq Pekinning Tayvanga nisbatan ambitsiyalarini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakligini ta’kidladi.
“Bu Si Szinpinning 2027-yilda bostirib kirishga qaror qilganini anglatmaydi, lekin bu uning yo‘nalishi va ambitsiyalarining jiddiyligini eslatadi. Markaziy razvedka boshqarmasidagi xulosalarimiz shundan iboratki, men Si Szinpinning Tayvanga bo‘lgan ambitsiyalariga past nazar bilan qaramayman”, — deydi Berns.
Avvalroq AQSH generali 2025-yil Xitoy bilan urush boshlanishini aytib, ofitserlarni tayyorlanishga chaqirgandi. Oq uy rasmiysi esa generalning nazari Pentagonning Xitoyga nisbatan qarashlarini aks ettirmasligini bildirgandi.
Mavzuga doir:
- Tayvan bilan harbiy nizo yuz bergan taqdirda, Xitoy g‘olib bo‘lishi dargumon — amerikalik ekspertlar
- Uchinchi jahon urushi 2023-yilda boshlanishi mumkin bo‘lgan 5 ta joy