Rossiya kompaniyalari Janubiy va Shimoli-G‘arbiy portlar orqali Sibirdan Osiyoga ko‘mir eksport qilishda davom etmoqda — uni ushbu yo‘nalishda bozorlarga tashish narxi oshgan. Bu haqda Rossiya Markaziy bankning tahliliy sharhidan ma’lum bo‘ldi.
Minimal rentabellikka qaramay, yetkazib berishni davom ettirishning asosiy sababi — kompaniyalarning mijozlarni yo‘qotmaslik va shartnomalar shartlariga rioya qilish istagi.
Kemalarni ijaraga olish, sug‘urta xizmatlari uchun xarajatlar, temiryo‘l tariflari oshdi. Janubiy va Shimoli-G‘arbiy portlar orqali Osiyoga yetkazib berish allaqachon rentabellik yoqasida, — deya ta’kidlaydi Markaziy bank.
Shu bilan birga, yirik kompaniyalar ishlab chiqarish dasturini tubdan qisqartirishdan bosh tortmoqda, chunki neftning yuqori narxi (2021-yilda va 2022-yilning birinchi yarmida) ishlab chiqaruvchilarga zaxiralarni to‘plash imkonini berdi.
Regulyator vakillari Yevropa Ittifoqining tarmoq sanksiyalarining zaiflashishi kompaniyalarga eksport va ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini berganini ta’kidlamoqda.
2022-yil oxirida Rossiyada ko‘mir qazib olish 0,3 foizga oshib, 442 million tonnani tashkil etdi, ammo eksport 7,6 foizga kamaydi.
Chegirmalarni taqdim etish orqali Rossiya eksportchilari Janubiy Koreyaga ko‘mir yetkazib berishni ko‘paytirdi, bunga Uzoq Sharqdan qisqa transport masofasi ham yordam berdi.
Izoh (0)