• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Siyosatchilar va yulduzlar: urush boshidan buyon Ukrainaga kimlar tashrif buyurdi? (fotoreportaj)

    3-fevral kuni Kiyevda Rossiya “maxsus operatsiyasi” boshlanganidan beri ilk bor Ukraina—Yevropa Ittifoqi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Sammit davomida ishtirokchilar YI tomonidan Kiyevga ko‘rsatilayotgan yordamni muhokama qiladi, shuningdek, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish yo‘lidagi muvaffaqiyatini baholaydi. YI rahbariyati Kiyevga deyarli to‘liq tarkib bilan kelgan: delegatsiyada nafaqat Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel, balki Yevropa Ittifoqi tashqi siyosati rahbari Jozep Borell va 14 nafar yevrokomissar ham bor.

    2022-yilning fevralidan beri davom etayotgan urush mobaynida kimlar va qanchalik tez-tez Kiyevga tashrif buyurgani haqida “RBK” fotoreportaj tayyorladi. “Daryo” uning tarjimasini havola qiladi.

    Siyosatchilar

    Markazda: Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen va Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel. Bucha, 8-aprel, 2022-yil.
    Foto: Global Look Press

    Ursula fon der Lyayen Rossiya bosqini boshlanganidan beri Kiyevga tashriflari soni bo‘yicha rekordchilardan biri hisoblanadi. U Ukrainaga uch marta kelgan, hozirgisi to‘rtinchisi. Lyayenning ilk tashrifi 2022-yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgandi.

    Polsha prezidenti Anjey Duda va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevdagi Mariinskiy saroyi balkonida suhbatlashmoqda, 2022-yil 23-avgust.
    Foto: Global Look Press

    Polsha prezidenti o‘tgan fevraldan beri Ukrainaga to‘rt marta tashrif buyurdi, ulardan biri 2023-yilda amalga oshirildi. 11-yanvar kuni Litva prezidenti Gitanas Nauseda bilan birgalikda Duda Lvovda ukrainalik hamkasbi bilan uchrashdi.

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevdagi Mariinskiy saroyida Litva prezidenti Gitanas Nauseda bilan uchrashuv o‘tkazmoqda, 2022-yil 28-iyul.
    Foto: Global Look Press

    Boltiqbo‘yi davlatlari rahbarlari Kiyevni Rossiya harbiy amaliyotining ilk kunlaridanoq qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Litva uch Boltiqbo‘yi davlatidan birinchi bo‘lib, 2022-yilning aprel oyida Rossiya bilan diplomatik aloqalar darajasini pasaytirgan edi. 2023-yilning yanvarida Latviya va Estoniya ham shunday qildi. Endilikda bu mamlakatlarda o‘zaro elchixonalarni elchilar o‘rniga vaqtincha ishlar vakillari boshqaradi.

    MAGATE (Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik) bosh direktori Rafael Grossi Chernobil AESda, 2022-yil 26-aprel.
    Foto: Getty Images

    Ukrainaga tashriflar nafaqat siyosatchilar, balki xalqaro tashkilotlar rahbarlari tomonidan ham amalga oshiriladi. MAGATE rahbari Rafael Grossining eng qiyin missiyalaridan biri urush zonasiga tashriflari bo‘ldi. U AES xavfsizligi masalalarini hal qilish uchun prezident Zelenskiy bilan to‘rt marta uchrashgan va o‘tgan yilning oktabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham muzokaralar o‘tkazgan. Shuningdek, u Rossiya nazoratidagi Zaporojye atom elektr stansiyasiga tashrif buyurgan.

    Yanvar oyida CNN telekanaliga bergan intervyusida Grossi Ukraina atom elektr stansiyalarida istalgan vaqtda avariyalar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi. 2023-yil boshida agentlik missiyalari Chernobil, Roven va Janubiy Ukraina AESlarida ish boshladi. Zaporojye AESda ham agentlik mutaxassislari ishlamoqda.

    Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson Borodyankada, 2023-yil 22-yanvar.
    Foto: Reuters

    Boris Jonson Rossiya bosqini boshlanganidan keyin Kiyevga birinchi tashrifini 2022-yil 9-aprelda amalga oshirdi. Umuman olganda, amaldagi hukumat rahbari darajasida u uch marta Ukrainaga keldi. Ulardan birida, o‘tgan yilning 24-avgustida Vladimir Zelenskiy Jonsonni Ukrainani kuchli qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik sifatida “Ozodlik” ordeni bilan taqdirlagan edi.

    Iste’foga chiqqanidan keyin ham Jonson Ukrainani qo‘llab-quvvatlashidan to‘xtamadi, 22-yanvar kuni yana bir marta Kiyevga keldi va Zelenskiy bilan uchrashdi. Ukraina prezidenti ofisi xabar qilishicha, uchrashuv chog‘ida Zelenskiy taqdim etgan “tinchlik formulasi”ni amalga oshirish uchun rejalashtirayotgan sammitga tayyorgarlik masalalari muhokama qilingan. Zelenskiy bu rejalarini 2022-yil sentabrda BMTdagi nutqida o‘rtaga tashlagandi. “Bu jinoyat uchun jazo, odamlar hayotini himoyalash, xavfsizlik va hududiy yaxlitlikni tiklash, xavfsizlikni kafolatlash kabilarni nazarda tutuvchi formula”, — degan u.

    Rossiya Ukrainaning “formulasini” rad etdi. “Har xil gʻoyalar va tinchlik formulalarini ilgari surar ekan, Zelenskiy G‘arb yordamida qo‘shinlarimizni Rossiya hududi bo‘lgan Donbass, Qrim, Zaporojye va Xerson viloyatidan chiqarish, Rossiyadan tovon undirish va xalqaro tribunallarga tortish kabi illuziyalarga umid bog‘lamoqda. Albatta, bunday sharoitda biz hech kim bilan gaplashmaymiz”, — deb izoh berdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

    Aktyor va musiqachilar

    Vladimir Zelenskiy va Oskar mukofoti sovrindori Shon Penn Kiyevdagi Mariinskiy saroyida, 2022-yil 8-noyabr.
    Foto: Global Look Press

    Kiyevga tez-tez tashrif buyurgan mashhurlardan biri amerikalik aktyor Shon Penn bo‘ldi. Uning birinchi safari 2022-yil 25-fevralda bo‘lib o‘tdi, o‘shanda u Ukrainadagi voqealar haqida hujjatli film suratga olishi e’lon qilingandi. Hammasi bo‘lib, aktyor Ukrainaga uch marta kelgan. Uchinchi tashrifida u Zelenskiyga qo‘llab-quvvatlash belgisi sifatida o‘zining “Oskar” haykalchasini topshirdi. Sentabr oyida Moskva Shon Pennga qarshi sanksiyalar kiritdi, unga Rossiyaga kirish taqiqlandi.

    Bono (chapda), Edj (o‘ngda) va “Antitela” guruhining ukrainalik qo‘shiqchisi, ko‘ngilli Taras Topolya, Kiyev metrosida, 2022 yil 8-may.
    Foto: Reuters

    Irlandiyaning U2 guruhi solisti va gitarachisi Bono hamda Eydj “Kreshatik” stansiyasida 40 daqiqalik akustik kontsert berdi va ukrainaning “Antitela” guruhi bilan birgalikda “Stand by me” qo‘shig‘ini ijro etib, qo‘shiq so‘zlarni “Stand by Ukraine”ga (“Ukrainani qo‘llab-quvvatla”) o‘zgartirdi. Boshqa ijrochilar, jumladan, Monatik, Maks Barskix, “Okean Elzi” va milliarder Richard Branson ham xuddi shunday yo‘l tutdi.

    Gollivud aktyori va rejissyori Ben Stiller Vladimir Zelenskiy bilan Kiyevdagi uchrashuvda, 2022-yil 20-iyun.
    Foto: Global Look Press

    Ben Stiller Ukrainaga BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining yaxshi niyatli elchisi sifatida tashrif buyurgandi. Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ular vaqtincha ko‘chirilganlarni qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilgan. Shon Penn singari unga ham Rossiyaga kirish taqiqlangan.

    Anjelina Joli Lvovda, 2022-yil 30-aprel.
    Foto: Telegram

    Gollivud aktrisasi Anjelina Joli Ukrainaga qisqa muddatli tashrifi davomida Kiyevga bormadi, u tibbiyot muassasalaridan biriga, Lvovdagi maktab-internatga tashrif buyurdi va stansiyada ishlaydigan ko‘ngillilar bilan suhbatlashdi.

    CVBNM
    Dekabr oyida amerikalik aktyor Jan-Klod Van Damm Ukrainaga kelib, mamlakat Qurolli kuchlari askarlari bilan uchrashgan
    Foto: Telegram

    Bundan tashqari Ukrainaga o‘tgan yil davomida yana ko‘plab yevropalik siyosatchi va yetakchilar, shuningdek, AQSH davlat kotibi Entoni Blinken va AQSH prezidentining maslahatchisi Jeyk Sallivan ham tashrif buyurdi.

    03.02.2023, 16:27   Izoh (0)   5471
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukraina mudofaa vaziri G‘arbning uzoq masofali raketalari bilan Rossiya hududini o‘qqa tutmaslikka kafolat berdi

    03.02.2023, 14:57

    Shimoliy Koreyada davlat sirlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

    03.02.2023, 14:41

    Tramp Twitter’ga qaytish rejalari haqida ma’lum qildi

    03.02.2023, 13:59

    Ukrainadagi urushda Rossiya qancha askaridan ayrilgani baholandi

    03.02.2023, 13:11

    AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)

    03.02.2023, 12:04

    Qozog‘iston havo hujumidan mudofaa kuchlari ilk bor dronlarni yo‘q qilish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi (foto)

    03.02.2023, 11:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.