“Oʻziga kerak paytda kimligini koʻrsatib qoʻyadigan mahalla raislari muammo kelganda qochadi” — Navbahor Imomova
“Daryo” internet-nashri Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda “Mahalla. Muammo. Mulohaza” loyihasini taqdim etib kelmoqda. Loyihaning 17-soni mavzusi “Amerikada Oʻzbekiston ovozi” bo‘lib, dastur mehmoni sifatida “Amerika ovozi” jurnalisti Navbahor Imomova taklif etildi.

— Amerika mahallalaridagi tashkilotlar nohukumat tashkilotlar hisoblanadi: siz uni xohlasangiz tuzasiz, xohlamasangiz yoʻq. Mana shu tashkilotlar davlat hamda xalq oʻrtasidagi koʻprik, u fuqarolar tashabbusiga asoslanadi, maʼlum masalalar bilan shugʻullanadi.
Lekin mahallaning mahalla boʻlishiga yoʻl qoʻyib berish kerak. Balki, odamlar qiynalib oʻrganishar mahalla nima ekanini.
Masalan, siz rais boʻlsangiz, odamlar koʻzida hokimiyatsiz, hokimiyatning eng kichik boʻlagisiz. Shuning uchun ularni “Men — aslida, senman”, deb ishontirish juda qiyin.
Ko‘rsatuvni to‘liq tarzda “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilish mumkin.