• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?

    Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning aholi eng zich yashaydigan mamlakati. Aholi soni boʻyicha MDH davlatlari ichida Rossiyadan keyingi ikkinchi oʻrinda turadi. Tabiiyki, bunday tez oʻsuvchi demografiya davlat oldiga odamlarni uy-joy bilan taʼminlash masalasini qoʻyadi. Qolaversa, oʻzbek xalqi oʻz uy-joyiga ega boʻlishni birlamchi ehtiyoj sifatida hisoblaydi. Xoʻsh, bu masala Oʻzbekiston hukumati tomonidan qanday hal etilmoqda?

    Foto: "Daryo"

    Yillar davomida yigʻilgan ehtiyoj

    Afsuski, oʻtgan davrda aholini, xususan, uy-joyga muhtoj oilalar bilan ishlash oʻz holiga tashlab qoʻyildi. Jumladan, qishloqlarda arzon uylar qurish deyarli eʼtiborsiz jihat sifatida qarab kelindi.

    Masalan, 2009 — 2017-yillar davomida 81 ming 992 ta uy qurildi, 6 624 ta uy-joy massivi barpo etilgan, biroq bunda aholini sonini oʻsish koʻrsatkichi va uy-joylarni xarid qilish qobiliyati hisobga olinmagan. Buning oqibatida aholida uy-joyga boʻlgan uzoq yillik ehtiyoj yigʻilib qoldi.

    Shuning uchun ham Shavkat Mirziyoyev prezidentligining dastlabki yillardanoq yangi massivlar va yangi xonadonlar qurishga kirishdi. Koʻp qavatli uy-joylarni qurish dasturini amalga oshirish yuzasidan 2017-2022-yillar mobaynida respublika hududida Aholining uy-joylar bilan taʼminlash boʻyicha Davlat dasturi doirasida va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan jami 53 mln. kv.m. maydondan iborat 218 ming 118 ta kvartira qurib bitkazildi. Bu degani 218 mingdan ortiq oila uy-joy bilan taʼminlandi.



    “Yangi Oʻzbekiston” massivlari

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisiligida 2021-yilning noyabr oyida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida kelgusi besh yilda yiliga 80 mingtadan xonadon qurish zarurligini taʼkidlangan edi. Davlat rahbari “Yangi Oʻzbekiston” massivlari kompleks rivojlanish tamoyili asosida barpo etilishini qayd etdi. 2022-yilda ehtiyojmand 10 mingta oilaga boshlangʻich badal va foizlarni subsidiyalash uchun byudjetdan 1,5 trln soʻm ajratilishi belgilangan.

    Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari “Inson qadri uchun” tamoyili asosida kelgusi besh yildagi barcha islohotlar aholiga munosib turmush sharoiti yaratishga qaratilishini alohida taʼkidlagan.

    “Soʻnggi yillarda ipoteka dasturlari doirasida 140 mingdan ortiq uy-joy barpo etildi. Mamlakatda har yili 300 mingga yaqin nikoh qayd etilmoqda, aholi soni kelgusi besh yilda 38 mlnga yetishi kutilmoqda”, — degan edi prezident.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini uy-joyga boʻlgan talabini qondirish uchun kelgusi besh yilda yiliga 80 mingtadan xonadon qurish zarurligiga eʼtibor qaratgan.

    Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, har bir hududda barcha iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmaga ega boʻlgan“Yangi Oʻzbekiston massivlari”ni barpo etish, bu orqali kelgusi besh yilda 250 mingdan ziyod xonadon qurish reja qilingan. Ushbu massivlar kompleks rivojlanish tamoyili asosida barpo etiladi. Bunda:

    har bir massivga ajratiladigan yer uchastkalarida sanoat loyihalari, xizmat koʻrsatish obyektlari va ijtimoiy infratuzilma bir vaqtda quriladi;

    koʻp qavatli uy-joy qurilishini investorlar oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi;

    ipoteka kreditini berish uchun banklarga byudjetdan auksion asosida resurs ajratiladi. Bunga Moliya vazirligi tomonidan 20 yil muddatga 11 trln soʻm yoʻnaltiriladi;

    Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish va Moliya vazirliklari ehtiyojmand aholiga subsidiya beriladigan uy narxini belgilaydi;

    2022-yilda ehtiyojmand 10 mingta oilaga boshlangʻich badal va foizlarni subsidiyalash uchun byudjetdan 1,5 trln soʻm ajratiladi. Bundan tashqari, prezident yangi uy-joy massivlari narxini bu yilgi darajada ushlab qolish zarurligini ham taʼkidlagan.

    Foto: "Daryo"

    Uylar narxini barqaror saqlab turish maqsadida yangi uy-joy massivlarini ichki va tashqi infratuzilma bilan taʼminlashga byudjetdan har yili 1 trln soʻm ajratilishi belgilangan.

    Tadbirkorlik jamgʻarmasi tomonidan quruvchilarga Markaziy bank stavkasidan oshgan qismi 24 oy davomida qoplab beriladi. Bu maqsadlar uchun byudjetdan 1 trln soʻm yoʻnaltiriladi.

    Shuningdek, kelgusi yili yangi massivlarda qurilayotgan uylarning mingtasi ehtiyojmand oilalar va yolgʻiz ayollar uchun davlat tomonidan kafolatli sotib olinadi. Buning uchun 220 mlrd soʻm mablagʻ qurilish tashkilotlariga oldindan oʻtkazib beriladi.

    Yuqorida qayd etilgan vazifalar yuzasidan Davlati rahbarining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston” massivini qurish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni imzolangan. Unga muvofiq respublika hududi boʻylab “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini barpo etish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

    Uy-joylar faqat “novostroyka”lardan iborat emas

    Anomal sovuq koʻp kvartirali uylar bilan bogʻliq muammolarni roʻy-rost koʻrsatdi. Ayniqsa, qurilganiga bir necha oʻn yillar boʻlgan uylarning kommunal tizimi bosimga dosh bera olgani yoʻq. Bu esa mutasaddi idoralar va hukumat oldiga qator vazifalar qoʻyadi.

    Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

    Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmatining "Daryo"ga maʼlum qilishlaricha, Toshkentda 10 mingdan ortiq eski uylarga bazalt tolali qoplama oʻrnatish ishlari boshlangan. Bu orqali “dom”ga sovuq va issiq oʻtkazmasligini taʼminlash koʻz tutilyapti. Biroq faqatgina bazalt qoplama bilan muammolar hal boʻlib qolmaydi. Uzoq yillar davomida yangilanmagan transformatorlar, quvurlar va boshqa kommunal tizimlar toʻliq yangilanishi yoki rekonstruksiya qilinishi talab etiladi. Oʻylaymizki, mutasaddilar oʻtayotgan qishdan tegishli xulosa olgan.

    03.02.2023, 22:58   Izoh (0)   3934
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida

    03.02.2023, 22:07

    Toshkentda Bo‘zsuv kanali bo‘yidagi noqonuniy qurilish to‘xtatildi

    03.02.2023, 21:42

    Toshkent viloyatida aholining mol-qo‘ylarini o‘g‘irlayotgan guruh ushlandi

    03.02.2023, 21:14

    Buxoro sudida Nukusdagi tartibsizliklar qatnashchilariga oid ish ko‘rib chiqiladi

    03.02.2023, 19:49

    Jizzaxda benzin qo‘lda sotilayotgani aniqlandi (video)

    03.02.2023, 19:00

    “Amerikadagi oʻzbekistonliklarda ham topilgan pulni keraksiz narsaga ayamay sarflash odati bor” — Navbahor Imomova toʻy qilish madaniyati haqida gapirdi

    03.02.2023, 18:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadrochi olimlarini xavfsiz joyga ko‘chirdi — The Telegraph

    Dunyo | 18 avgust, 00:05

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.