Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angliya Premyer Ligasi yanvar oyining eng yaxshilari nomini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

“Arsenal” ustozi Mikel Arteta Angliya Premyer Ligasining yanvar oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb e’lon qilindi.

Artetadan tashqari eng yaxshi murabbiy bo‘lish uchun Tomas Frank (“Brentford”), Stiv Kuper (“Nottingem Forest”), Roberto de Zerbi (“Brayton”) va Unai Emeri (“Aston Villa”) da’vogarlik qilgandi.

Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Reshford yanvarda 3 ta o‘yinda 3 ta gol muallifiga aylangan. 

Markusdan tashqari tashqari ushbu sovrin uchun Den Bern (“Nyukasl”), Brennan Jonson (“Nottingem Forest”), Riyod Mahrez (“Manchester Siti”), Solli March (“Brayton”), David Rayya (“Brentford”) hamda Bukayo Saka («Arsenal») kabi futbolchilar kurash olib bordi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda aprel oyida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
Mahalliy
Parkent qishloqlarida sel kuzatilgani to‘g‘risidagi videolar o‘tgan yilgi bo‘lib chiqdi
Mahalliy
Rossiya—Ukraina urushining O‘zbekistonga iqtisodiy taʼsirini pasaytirish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotgani aytildi