Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi soyga 2-fevral kuni sel keldi.

Foto: Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Chimqo‘rg‘on mahallasidan oqib o‘tuvchi Oqtepa soyda yomg‘ir suvlari yig‘ilib, oqib kelishi kuzatilgan.

Tuman FVB mas’ul xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, o‘rganish ishlarini olib borganda, soydan suv fuqarolarga hech qanday zarar keltirmasdan oqib o‘tib ketayotgani aniqlangan.

Mazkur Oqtepa soy viloyatning Qo‘shrabot va Ishtixon tumanlaridan oqib o‘tgan bo‘lib, umumiy uzunligi 43 kilometr, maksimal suv o‘tkazish hajmi 10—20 metr kub/sekundni tashkil etadi. Ayni damda soydan 5—6 metr kub/sekund suv xavfsiz oqib o‘tmoqda.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi