Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

31-yanvar kuni vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Slovakiyaning elchisi etib tayinlangan Viktor Boretskiyni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida Slovakiya diplomatik vakolatxona rahbarining ishonch yorliqlari nusxasini topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan. Saidov elchini lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, O‘zbekiston—Slovakiya munosabatlarini mustahkamlash yo‘lida faoliyat hamda muvaffaqiyatlar tilagan.

Muzokaralar doirasida iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirishga o‘zaro tayyorlik tasdiqlangan. Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Slovakiya idoralararo komissiyasining majlisini o‘tkazish zarurligi qayd etilgan.

Elchi rasmiy Bratislava O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida, shuningdek, O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzishni jadallashtirishda qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash yuzasidan ham fikr almashilgan. Qo‘shma tadbirlar va yuqori darajadagi o‘zaro tashriflarning tashkiliy jihatlari muhokama qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?