Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Arsenal” italiyalik futbolchi Jorjinyo transferini e’lon qildi.

Foto: Getty Images

31 yoshli yarim himoyachi “Chelsi” safida “kanonirlar” tarkibiga o‘tdi. Avvalroq futbolchi “Arsenal” bilan 2024-yil iyun oyiga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolashi ma’lum qilingandi. Shuningdek, shartnomada uni bir yilga uzaytirish bandi ham qo‘shilgan.

“Arsenal” Jorjinyo uchun “Chelsi”ga 12 million funt to‘lab berdi. 

Italiyalik futbolchi 2018-yildan buyon “Chelsi” sharafini himoya qilib kelayotgandi. Joriy mavsum yarim himoyachi APLda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi