• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Hayot sinovlari oldida taslim boʻlmaslikka undaydigan eng yaxshi filmlar

    Har birimiz hayotda turli qiyinchilik va toʻsiqlarga duch kelamiz, ularni yengib oʻtish uchun qalban kuchli boʻlishimiz zarur. Qahramonlar oʻz xarakterining bardoshli ekanini namoyish etadigan, hatto, eng qiyin vaziyatlarda ham taslim boʻlmaslikka oʻrgatadigan filmlar ketma-ketligi bilan tanishing.

    “Buyuk shoumen” (2017)

    Foto: “Noviy ochag”

    Maqsadga olib boradigan yoʻl koʻpincha tikanli, baʼzan esa aqldan ozdiradigan darajada murakkab koʻrinadi. Musiqiy asar voqealari 19-asrda boʻlib oʻtadi. Finias Barnum rafiqasi Chariti va ikki qizi bilan Nyu-Yorkda kun kechiradi. Qashshoqliklariga qaramay, ular bir-birlariga cheksiz muhabbat bilan yashaydi. Biroq, tez orada ularning oilasini yangi zarba kutadi — Barnum ishlaydigan kompaniya bankrot boʻldi. Ishsiz qolgan qahramon imkoniyatdan foydalanishga va oʻz davri uchun innovatsion gʻoyani amalga oshirishga qaror qiladi: Finiasning oʻzi taʼkidlaganidek, “gʻayrioddiy tomosha”ni yaratadi va uni namoyish etadi. Koʻpchilik bu spektaklning taqdiri muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topishini bashorat qiladi. Ammo yangi va tajribasiz shoumen barcha toʻsiqlarga qaramay, oʻz truppasining gʻalabasiga astoydil ishonadi.

    “Shoushenkdan qochish” (1994)

    Foto: “Noviy ochag”

    “Oskar” mukofotining yettita nominatsiyasiga sazovor boʻlgan mashhur film ikki kishi — oʻz xotini va uning jazmanini oʻldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan bankir Endi Dyufreyn haqida hikoya qiladi. Qattiq rejim va gʻayriinsoniy qamoqxonada boʻlgan chogʻida, bosh qahramon ruhiyatini choʻktirmaydi, shaʼnini soʻzsiz himoya qiladi. Insoniy fazilatlari tufayli u Shoushenkda oʻziga qulay muhit yaratadi, doʻstlar orttiradi va qaysidir maʼnoda ijodiy erkinlikka erishadi. Insoniy qiyofasini va irodasini yoʻqotmagan holda qamoqdan qochishga muvaffaq boʻladi.

    “Tanholikda” (2000)

    Foto: “Noviy ochag”

    Albatta, koʻpchilik bolaligida ingliz yozuvchisi Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” romanini oʻqigan. Ushbu film zamonaviy voqeliklar kontekstida choʻl orolda omon qolish haqida hikoya qiladi. 1995 yilda bosh qahramon rolini Tom Xenks oʻynagan Chakning samolyoti “Kuk” arxipelagi yaqinida halokatiga uchraydi. U suvda suzib-suzib quruqlikka chiqib olishga muvaffaq boʻladi, ammo u bu yerda butunlay yolgʻiz qolganini tushunib yetadi. Kundalik odatlarini yangilashiga toʻgʻri keladi, ogʻir jismoniy zoʻriqish va psixologik sinovlarni boshdan kechiradi. Film yakuniga qadar tomoshabinni tahlika bilan ushlab turadigan ajoyib sarguzasht dramasidir.

    “Baxt izlab” (2006)

    Foto: “Noviy ochag”

    Gohida sinovlarga taslim boʻlmaslik va yuksaklikka erishish uchun eng kuchli turtki — bu yaqinlarning baxtidir. Savdo vakili Kris Gardner hali kichkina oʻgʻli uchun kambagʻallikdan qutulishga harakat qiladi. Qahramon oʻz oilasining hayotini butunlay oʻzgartira oladigan darajada katta imkoniyatga ega boʻladi, ammo bu juda koʻp kuch va mashaqqatli mehnatni talab qiladi. Filmning yana bir yutugʻi shuki, unda asosiy rollarni yulduzlar tandemi — Uill va Jeyden Smit oʻynagan.

    “Quyon Jojo” (2019)

    Foto: “Noviy ochag”

    Oʻn yoshli bolakayni lagerdagi bolalar masxara qilayotganini his qilish qanday? Agar bu bola fashistlar Germaniyasi davrida yashasa va lager Yungfolk oʻquv lageridan boshqa narsa boʻlmasa-chi? Kichkina Yoxannesning ogʻir taqdiri aynan shu joydan boshlanadi. Bu yerda “Gitler yoshlari” aʼzolari jasoratini isbotlash uchun Yoxannesga quyonni oʻldirishni buyuradilar. Ammo bolakay buni qila olmaydi va shundan boshlab haqoratli laqab oladi.

    Qoʻrqinchli haqiqatga duch kelgan JoJo xayolot olamiga tobora koʻproq shoʻngʻiy boshlaydi. Biroq syujet rivojlanib borar ekan, bolalarning mavjud tuzum haqidagi sodda tasavvurlari qanday barbod boʻlishini, qahramonning asta-sekin atrofidagi vaziyatni anglab yetayotganini kuzatish mumkin. Yoxannes dahshatli haqiqatni tan olishi, oʻzi uchun muhim qarorlar qabul qilishi va erta ulgʻayishiga toʻgʻri keldi. Taʼkidlash joizki, bu film tragikomediyadir, unda tasvirlangan gʻamgin voqealar yumor yoʻsinida bayon etiladi.

    “Marslik” (2015)

    Foto: “Noviy ochag”

    Ushbu filmdagi omon qolish haqidagi yana bir hikoya. Asar ilmiy fantastika janrida. Amerikalik astronavt Mark Uotni tadqiqot ekspeditsiyasi chogʻida adashib, Marsda qolib ketadi. Endilikda qahramon qiyin vaziyatdan chiqish yoʻlini topishi, begona va choʻl sayyoraning ogʻir sharoitlariga moslashishni oʻrganishi shart. Ekipaj aʼzolarining Yerdagi doʻstlari ularning halok boʻlganiga ishonchi komil. “Marslik” filmini tomosha qilish sizga kuchli motivatsiya beradi, oʻzingizga boʻlgan ishonchni oshiradi.

    “Harbiy gʻavvos” (2000)

    Foto: “Noviy ochag”

    Real voqealar asosida suratga olingan film tarixdagi birinchi qora tanli gʻavvos Karl Brasher haqida hikoya qiladi. Butun tizim qarshi chiqqan insonning nimalarni boshidan kechirishiga toʻgʻri kelishini tasavvur qila olasizmi? Karl irqiy kamsitish sharoitida professionallik faqat qatʼiyatlilik, chidamlilik, matonat va sabr-toqat kabi shaxsiy fazilatlar bilan belgilanishini isbotlaydi. Yigit shunchaki maqsad sari bormaydi, balki u uchun kurashadi, kezi kelganda jiddiy sinovlarga duchor boʻladi. Orzulari Karlga juda qimmatga tushadi, ammo u oxir oqibat chinakam qahramonga aylanadi.

    “Forrest Gamp” (1994)

    Foto: “Noviy ochag”

    Bu filmni takror-takror tomosha qilish mumkin. Kinokartinaning ser qirraliligi har safar unda yangi, jozibali, ilhomlantiruvchi nimanidir topishga imkon beradi. Syujet markazida aqli zaif odamni koʻrish mumkin. Sogʻliq va ijtimoiylashuv bilan bogʻliq muammolarga qaramay, qahramon doimo nimagadir intiladi. Bir joyda qotib turmaydi, shu bois uning hayoti yorqin voqealarga boy. Qahramon orzu qiladi, sevib qoladi va hamma kabi baxtli boʻlishni istaydi. Uning boshiga koʻp sinovlar tushadi, ammo Forrest har qanday vaziyatga optimizm bilan qaraydi, yaxshi tomoni u koʻpincha omadli hamdir. Voqea-hodisalarga sodda, xushmuomalalik bilan qarash uning yuksaklikka erishishga, atrofidagi dunyoni yaxshi tomonga oʻzgartirishga imkon beradi. Agar filmni hali koʻrmagan boʻlsangiz, bu xatoni hoziroq tuzatish uchun kinoni tomosha qilishga shoshiling!

    “Istaklar roʻyxati” (2007)

    Foto: “Noviy ochag”

    Har doim hamma narsani qilishga ulguradiganga oʻxshaydi, chunki oldinda butun bir hayot turibdi. Ammo bosh qahramonlar Edvard Koul va Karter Chambersning bunga deyarli vaqti yoʻq — ikkalasi ham ogʻir kasal va qolgan umri bir yildan koʻp emas. Birinchisi — milliarder, shifoxonalar tarmogʻi egasi, ikkinchisi — oddiy avtomexanik. Ular bir palatada uchrashadilar va tez orada yaqin doʻstlarga aylanishadi. Umidsiz vaziyatda boʻlishsa ham taslim boʻlmaydilar, aksincha, eng ezgu orzularini amalga oshirishga qaror qilishadi. Doʻstlar birgalikda tilaklar roʻyxatini tuzadilar, umrlari tugashi bilan ularni roʻyxatdan kesib tashlamoqchi boʻladilar. Ular barcha orzularini amalga oshirishga muvaffaq boʻladimi, yoʻqmi, ushbu ruhlantiruvchi filmni tomosha qilsangiz, bilib olasiz.

    Mavzuga doir:

    • 29 yildan so‘ng: “Forrest Gamp” filmi aktyorlari yillar o‘tib qanchalik o‘zgargan?
    • Kinotavsiya: 2023-yilgi “Oskar”ning nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan filmlar
    01.02.2023, 20:41   Izoh (0)   12893
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pixar “Uchar uy” multfilmidagi qariya haqida qisqa metrajli multfilm chiqaradi

    01.02.2023, 19:23

    Mushuk Leopold obrazini yaratgan rassom Vyacheslav Nazaruk vafot etdi 

    31.01.2023, 11:06

    Mashhur filmlardagi improvizatsiya qilingan bo‘lsa-da, kesib tashlanmagan ajoyib epizodlar (video)

    30.01.2023, 16:07

    Kinotavsiya: 2023-yilgi “Oskar”ning nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan filmlar

    28.01.2023, 10:57

    Mashhur film va seriallardagi tomoshabin payqamagan qo‘pol xatolar (foto)

    27.01.2023, 13:39

    Charli Chaplinning nevarasi “Avatar” filmining uchinchi qismida suratga tushadi 

    25.01.2023, 11:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46

    Yaponiyadagi “EXPO-2025” ko‘rgazmasidagi suvda bakteriyalar aniqlandi

    Dunyo | 6 iyun, 16:58

    Isroil uzoq tanaffusdan so‘ng Bayrut hududiga zarba berdi

    Dunyo | 6 iyun, 16:00

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risidagi prezident farmoni e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 15:25

    Muhabbat va nafrat orasi bir qadam. “Yolg‘onchi” Tramp va “telba” Mask o‘rtasidagi mojaro ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi

    Dunyo | 6 iyun, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.