Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan 31-yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qarorga ko‘ra:

  • Oleg Pekos raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
  • Jamol Maxsudov raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
  • Rustam Karimdjonov raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga (avval — xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari edi);
  • Shuxrat Kadirov Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori lavozimiga;
  • A’zam Abdullayev Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Doniyor Rustamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan, Jamshid Egamberdiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda