Pokistonning Peshovar shahridagi masjidda yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 59 kishiga yetdi, yana 157 kishi yarador ahvolda, deb xabar bermoqda Dawn gazetasi mahalliy shifoxona vakiliga tayanib. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlardan 27 nafari politsiyachilar.
Huquq-tartibot idoralari maʼlum qilishicha, masjid ichida bir necha kishi vayronalar ostida qolgani bois qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
“Shahardagi shifoxonalarda favqulodda holat e’lon qilindi va yaradorlarga eng yaxshi tibbiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda”, — dedi gazetaga yuqori martabali amaldor.
30-yanvar kuni Peshovardagi masjidda portlash sodir bo‘ldi. Hodisa paytida bino ichida 400 ga yaqin odam bo‘lgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, masjid ichidagi odamlardan biri namoz o‘qish uchun navbatda turgan paytda o‘zini portlatgan.
Izoh (0)