Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘iziston davlat chegarasining O‘zbekiston bilan chegaradosh qismida 13 tonna kontrabanda nos qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib, 24.kg xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Cho‘n-Gara anklavidan chiqib ketgan yuk mashina “Burg‘ondu” chegara postiga kelgan. Tekshiruv davomida chegarachilar tomonidan hujjatsiz olib ketilayotgan 13 tonna nos aniqlangan.

Shuningdek, 31-yanvar kuni “Ala-Buka” chegara otryadi chegarachilari Qirg‘izistondan O‘zbekistonga sotish uchun noqonuniy ravishda to‘rtta sigir olib ketmoqchi bo‘lgani aniqlangan. Qo‘lga olingan chorva mollarining qiymati 300 ming som atrofida baholangan.

Avvalroq Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasidagi “Do‘stlik” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida kontrabandachilar foydalanayotgan omborxona topilgandi. Omborda turli xil bolalar kiyimlari bo‘lib, har biri 25-30 kilogramm 27 o‘ramdan iborat mahsulot aniqlangan. Tovar egasi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lib, qo‘lga olingan mahsulot saqlash uchun jo‘natilgan. Materiallar Qirg‘iziston transport prokuraturasiga o‘tkazilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?