• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo” kundaligida 31-yanvarda sodir bo'lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 31-yanvarda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    AQSH—Xitoy urushi muqarrar emas, ammo harbiy mojarodan istisno qilinmaydi

    AQSHning iste’fodagi generali Jek Kin Qo‘shma Shtatlarda Xitoy bilan urush olib borish uchun yetarlicha tayyorgarlik yo‘qligini aytdi. Uning so‘zlarini Newsweek nashri keltiradi.

    “Haqiqat va diqqat qilishimiz kerak bo‘lgan narsa shundaki, biz (Xitoy bilan urushga) yetarlicha tayyor emasmiz. Mintaqada samarali harbiy tiyib turuvchi kuchlarimiz yo‘q. Xitoyning kemalari, samolyotlari va raketalari AQSHnikidan ko‘p”, — deydi u.

    Jek Kin Kongress Tayvanga XXRdan hujum bo‘lgan taqdirda orolni himoya qilishi kerakligini ta’kidladi. “Vashington 19 milliard dollarlik uskunalarni haligacha jo‘natgani yo‘q”, — dedi iste’fodagi general.

    Bundan tashqari, u AQSH—Xitoy urushini muqarrar deb hisoblamasligini aytdi. Uning fikricha, bu yaqin kelajakda sodir bo‘lmaydi, ammo harbiy mojaro yuz berishi istisno emas.

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH armiyasi ikki yildan keyin Xitoy bilan urush boshlanishi mumkinligi haqida ogohlantirilgandi. Harbiy havo kuchlari generali Mayk Minixan bu haqda qo‘l ostidagi ofitserlarga xabar yuborgan.

    Koreyalararo keskinlik vaziyati qanday yechim topadi?

    AQSH Janubiy Koreyani himoya qilish uchun oddiy va yadroviy qurollardan foydalanish tarafdori, dedi Pentagon rahbari Lloyd Ostin. U Seulda Janubiy Koreya milliy mudofaa vaziri Li Chjon Sop bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ushbu mavzuni ko‘tardi.

    “Qo‘shma Shtatlar keng qamrovli tiyib turish majburiyatiga qat’iy sodiq, bu AQSH harbiy salohiyatini, jumladan, oddiy va yadroviy qurollar, shuningdek, raketalarga qarshi mudofaadan to‘liq foydalanish kabilarni o‘z ichiga oladi”, — dedi janob Ostin.

    Ayni vaziyatda AQSH va Janubiy Koreya KXDR mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirmoqda, degan fikrda.

    Eslatib o‘tamiz Koreya yarim orolidagi vaziyat 2022-yil dekabrda Shimoliy Koreyaning dronlari Janubiy Koreya havo hududiga bostirib kirganidan keyin yana keskinlashdi. KXDR qurollari 2017-yildan beri birinchi marta Koreyalararo chegarani kesib o‘tdi. Ma‘lumotlarga ko‘ra Janubiy Koreya KXDR bilan birlashishning yangi rejasini ishlab chiqmoqchi.

    Saylovlardan norozi namoyishchilar va sobiq prezidentning AQSHga safari

    Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru tarafdorlari 8-yanvar kuni Braziliya poytaxtida 2022-yilgi prezidentlik saylovlari natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilib, namoyish uyushtirgandi.

    So‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, sobiq prezident AQSHning olti oylik turist vizasini olish uchun ariza topshirdi. Bu uning advokati Felipe Aleksandr ma’lum qildi.

    Advokatning aniqlik kiritishicha, Vashington Bolsonaruning arizasini 27-yanvar, juma kuni qabul qilgan, ariza ko‘rib chiqilayotgan vaqtda sobiq prezident AQSHda bo‘lib turibdi.

    Eslatib o‘tamiz 2022-yilgi saylovda Braziliyaning amaldagi prezidenti Lula da Silva 50,8 foiz, Bolsonaru esa 49,2 foiz ovoz olgan. 

    8-yanvar kuni namoyishchilar maʼmuriy binolar, jumladan, Oliy sud, prezident qarorgohi va Milliy Kongress binosiga bostirib kirdi. Shaharda favqulodda holat e’lon qilindi, 1,5 mingdan ortiq odam hibsga olingan.

    Bolsonaru namoyishchilarni qoralagan bo‘lsa-da, Braziliya sudi uni tartibsizliklarni tergov qilishda ayblanuvchilar ro‘yxatiga kiritdi. Prokuratura maʼlumotlariga koʻra, sobiq prezident “jamiyatni jinoyatga undash harakatini sodir etgan”.

    Nukus voqealari bo‘yicha sud hukmi e‘lon qilindi

    31-yanvar kuni Buxoro viloyati sudida 1−2-iyul kunlari Nukus voqealarida ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi. 

    Oliy Sud jurnalist Lolagul Qallixanova Jinoyat kodeksining 59-moddasiga ko‘ra 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga, 62-moddaga asosan dastlabki qamoqda oʻtirgan 6 oy 24 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, oʻtash uchun 7 yil-u 5 oy 6 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldirildi va jazo 3 yil sinov muddati bilan shartli deb belgilanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

    Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Unga jazoning dastlabki 2 yilini qamoqda, qolgan qismini qattiq tartibli koloniyada oʻtash belgilandi.

    Ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan sudlanganlarga nisbatan tayinlangan jazo muddatlari" ular qamoqqa olingan kundan boshlab hisoblanib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

    Bundan tashqari, sodir etilgan jinoyatlar oqibatida yetkazilgan 6,8 milliard so‘mdan ortiq zararning 256 million so‘mi qoplangani inobatga olinib, qoplanmagan 6,5 milliard so‘mdan ziyod miqdordagi moddiy zararlarni sudlanganlardan solidar tartibda undirish, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan 228 million so‘m zararni sudlangan Dauletmurat Tajimuratovdan undirish, sudlanganlarga tegishli bo‘lib jinoyat ishi doirasida xatlovga olingan mol-mulklarni keltirilgan zararni qoplashga qaratish belgilandi.

    31.01.2023, 23:50   Izoh (0)   4515
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya Qozog‘istonda “ikkinchi Ukraina” yaratishni rejalashtirganmi? Lavrov javob berdi

    31.01.2023, 23:22

    1XBet o‘yinchilarga pul to‘lamagani uchun bankrot deb e’lon qilindi

    31.01.2023, 23:10

    Britaniya yadroviy kemasi super yelim bilan ta’mirlangani aniqlandi. Holat bo‘yicha tergov boshlandi 

    31.01.2023, 22:24

    “Xalqaro huquqni buzish“: Human Rights Watch tashkiloti Ukrainani taqiqlangan minalardan foydalanganlikda aybladi (foto)

    31.01.2023, 22:02

    O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 13 tonna nos noqonuniy olib o‘tilayotgani aniqlandi

    31.01.2023, 21:38

    Avstraliyada akula 8 yoshli bolaga hujum qildi (video)

    31.01.2023, 20:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shifokorlar braziliyalik ayolga 56 yil davomida tashxis qo‘ya olmadi

    Layfstayl | 10 iyul, 10:10

    Andijon va Surxondaryoda Soliq boshqarmalari bosh inspektorlari qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 10 iyul, 10:00

    AQSHda derazalar o‘rniga ko‘zlari bo‘lgan mehmonxona foydalanishga topshirildi

    Layfstayl | 10 iyul, 09:53

    Luis Enrike: “Telefonim ‘Barselona’ muxlislarining xabarlari bilan to‘lib ketgan”

    Sport | 10 iyul, 09:45

    Tramp Braziliya tovarlariga 50 foiz boj solish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 10 iyul, 08:50

    Kanada va Meksika aholisining yarmidan ko‘pi AQSHni asosiy tahdid deb hisoblamoqda

    Dunyo | 10 iyul, 08:30

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “PSJ” “Real”ni tor-mor etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi (video)

    Sport | 10 iyul, 08:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.