• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    2022-yilda O‘zbekistonning oltin zaxiralari qanchaga oshgani ma’lum bo‘ldi

    2022-yilda markaziy banklar tomonidan yillik oltin sotib olish hajmi so‘nggi 55 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. O‘zbekiston ham o‘tgan yilda o‘z oltin zaxiralarini 34 tonnaga boyitdi. Bu haqda “Daryo”ga Jahon Oltin Kengashining hisobotidan ma’lum bo‘ldi.

    Foto: Bloomberg

    Ma’lumotlarga ko‘ra, jahon markaziy banklari 2022-yilda o‘z zaxiralariga 70 milliard dollarga teng 1136 tonna oltin qo‘shdi, bu 1967-yildan beri eng ko‘p ko‘rsatkichdir.

    Hozirgi vaqtda Markaziy banklar mablag‘ni saqlash vositasi sifatida oltinni tanlamoqda, chunki u notinch vaqtlarda o‘z qiymatini saqlab qolishi kutilyapti. 

    Shuningdek, qimmatbaho metall valyuta va obligatsiyalardan farqli o‘laroq, hech qanday emitent yoki hukumatga tayanmaydi.

    2022-yilda Turkiya eng ko‘p oltin xarid qilgan mamlakatga aylangan. Uning rasmiy oltin zaxiralari 148 tonnaga oshib, 542 tonnani tashkil etdi. Bu rekord darajadagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

    “Yilni sof sotuvchi sifatida boshlaganiga qaramay, O‘zbekiston Markaziy banki yilni oltinning sof xaridori sifatida yakunladi”, — deyiladi hisobotda.

    Ta’kidlanishicha, mamlakatning oltin zaxiralari 34 tonnaga oshgan. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qirg‘iziston (6 tonna) va Tojikiston (4 tonna) ham asosiy xaridorlar qatoriga kirgan.

    Jahon Oltin Kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili markaziy banklar tomonidan sotib olingan oltinning taxminan uchdan ikki qismi oshkor etilmagan.

    O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari keskin ko‘paydi

    2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 35,8 mlrd dollarni tashkil qildi. 

    Zaxiralar o‘tgan oyga nisbatan 2,3 mlrd dollarga ko‘paydi. Ular asosan oltin va xorijiy valyutadan iborat. Dekabr oyida ikkalasi ham ko‘paygan:

    • valyuta — 1,7 mlrd dollarga ko‘paydi (umumiy 11,6 mlrd dollar);
    • oltin — 600 mln dollarga ko‘paydi (umumiy 22,46 mlrd dollar).

    Dekabrda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket ikkinchi oy ko‘paydi. Mamlakat zaxiralarida taxminan 395 tonna oltin bor va noyabrga nisbatan 3 tonnaga kamaygan. 

    O‘zbekiston 2022-yilning noyabr oyida yetti oydan so‘ng ilk marta oltin sotdi. Mamlakatning oltin zaxiralari kamayishiga bu holat ham o‘z ta’sirni o‘tkazgan. 

    O‘zbekiston nega oltin sotmoqda?

    Global oltin narxlari mart oyida 2 050 dollar atrofida shakllangan edi. Biroq geosiyosiy vaziyat oqibatida narxlar yil davomida 1 650 dollardan ham tushib ketdi.

    Bu holatda O‘zbekiston ko‘proq oltin sotib ola boshladi va qimmatbaho metallni xarid qilish bo‘yicha jahonda yetakchilardan biriga aylandi.

    “Biz uchun ikkita omil bor: joriy narx va kelajakdagi narx. Narx ko‘tarilmoqdami yoki u o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetib, pasayyaptimi? Bu biz izlayotgan daqiqa. Agar narx ko‘tarilayotgan bo‘lsa, kutganimiz ma’qul”, — degan edi O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev.

    Noyabr oyiga kelib vaziyat birmuncha yaxshilandi va jahonda oltin narxlari 1 800 dollargacha ko‘tarildi. Ayni shu davrdan boshlab O‘zbekiston yana oltin sotishni boshlagan.

    Oltin zaxiralari nima uchun kerak?

    Oddiy til bilan aytganda, bu sug‘urta, davlatning “xavfsizlik yostig‘i”. Zaxiralar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida favqulodda vaziyatlar uchun mavjud.

    Zaxiralar odatda yuqori likvidli, ya’ni tez sotiladigan aktivlarda saqlanadi. Oltin va xorijiy valyuta ushbu talablarga javob beradi — ulardan istalgan vaqtda qarz to‘lash yoki investitsiyalar uchun foydalanish mumkin.

    2017-yilgacha O‘zbekiston zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamoatchilikka e’lon qilinmas edi. O‘sha yilning noyabr oyida zaxiralar 26 milliardni tashkil etishi ma’lum bo‘lgan. O‘shandan beri ular 10 mlrd dollargacha o‘sgan. 

    Zaxiralardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin va o‘rni qanday to‘ldiriladi?

    Zaxiralardan turli mamlakatlarda turlicha foydalaniladi. Bu odatda to‘lov balansi taqchilligini moliyalashtirish, valyuta bozorida intervensiyalar o‘tkazish, milliy valyuta kursini ushlab turish, tashqi qarzlarni qoplash va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

    Zaxiralar mamlakatda qazib olingan oltin, xalqaro bozorga qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi, savdo balansi profitsiti va boshqalar hisobiga to‘ldiriladi.

    Masalan, O‘zbekistonda zaxiralar OKMK yoki NKMK tomonidan qazib olingan oltin hisobiga to‘ldiriladi. Oltin chetga sotilganda mamlakatdagi zaxiralar ham kamayadi. O‘zbekiston esa noyabrda mart oyidan beri birinchi marta oltin sotdi. 

    Joriy yilda narxlar qanday bo‘ladi?

    Rossiyalik milliarder Mixail Fridmanga tegishli bo‘lgan Alfa Bank qimmatli qog‘ozlar bozori tahliliy bo‘lim boshlig‘i Boris Krasnojenov bozorda oltin narxi sezilarli o‘zgarishini aytib o‘tdi.

    Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023-yilda oltinning narxi bir troya unsiyasi uchun o‘rtacha 1,9 ming dollar atrofida shakllanadi. Shu bilan birga, o‘zgaruvchanlik tufayli narx 1,7 ming dollardan 2,1 ming dollargacha keng doirada harakatlanishi mumkin.

    “Oltin bahosi dinamikasiga Fed (AQSH Federal zaxira tizimi) stavkalari dinamikasi bo‘yicha qisqa muddatli kutilmalar, Xitoy iqtisodiyotidagi vaziyatning rivojlanishi, inflyatsiya dinamikasi, geosiyosiy omillar va global retsessiya kutilmalari ta’sir ko‘rsatadi”, — deya tushuntiradi Krasnojenov.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, bir qator bozor ekspertlari 2023-yilda oltin narxi bir troya unsiyasi uchun 3 000—4 000 dollargacha oshishini taxmin qilmoqda.

    “Agar dunyo Markaziy banklari inflyatsiyani nazorat qilish qobiliyatini yo‘qotsa, bu sodir bo‘lishi mumkin”, — deya qayd etadi ekspert.

    Finam IC direktori Yaroslav Kabakovning fikricha, agar Fed stavkalarni oshirishda davom etsa va AQSH iqtisodiyoti retsessiyadan qocha olsa, dollar asosiy valyutalarga nisbatan mustahkamlanishda davom etadi va oltin narxi 2023-yilda ham hozirgi darajada saqlanib qolishi mumkin.

    “Biroq o‘rta muddatli istiqbolda yuqori foiz stavkalari iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi, bu esa dollar kursini zaiflashtiradi va oltin narxining navbatdagi ko‘tarilishiga olib keladi”, — deydi ekspert.

    31.01.2023, 22:35   Izoh (0)   11444
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Bahora Sadirdinova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    XVJ 2023-yilda global iqtisodiy o‘sish 2,9 foizgacha pasayishini prognoz qildi

    31.01.2023, 21:52

    O‘zbek so‘mi 2022-yilda dollarga nisbatan 3,9 foizga qadrsizlandi. Milliy valyutaning almashuv kursi qanday o‘zgardi?

    31.01.2023, 16:08

    O‘zbekistonda aholi 2022-yilda banklarga qancha dollar sotgani ma’lum bo‘ldi 

    31.01.2023, 12:45

    O‘zbekiston 2022-yilda kartoshka sotib olishni kamaytirdi. Mahalliy yetishtirish esa oshgan 

    31.01.2023, 10:54

    O‘zbekistonda 2035-yilga borib aholi 45 milliondan oshishi kutilyapti — PMTI

    30.01.2023, 23:25

    Rossiya nefti Ispaniya orqali Osiyoga yetkazib berilmoqda — Bloomberg

    30.01.2023, 21:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.